Markazlar va Bo`limlar

Marketing bo`limi

Bo`lim boshlig`i

Yo`ldoshev Odiljon Toshpo`latovich

Bo`lim boshlig`i


Qabul vaqti: Chorshanba(14:00-15:00 gacha), Juma(14:00-15:00 gacha)
Telefon: (0373) 542-17-83
Elektron pochta: qdpi_odilbek@umail.uz


Marketing bo`limi faoliyati

 1. Respublika va tegishli hududlar (viloyatlar) iqtisodiyoti hamda ijtimoiy soha tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda yangi ta`lim yo`nalishlari yoki mutaxassisliklarni ochish, shuningdek ta`lim bozori talablariga javob bermaydiganlarni to`xtatish bo`yicha tayyorlangan takliflarni tahlil qilish va vazirlikning tegishli bo`limlariga taqdim etish.

2. Talabalar qabuli ko`rsatkichlarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar)ning mavjud ta`lim yo`nalishlari yoki mutaxassisliklarga bo`lgan talablari (buyurtmalar)ni hisobga olgan holda davlat grantlari va to`lov-kontrakt bo`yicha joriy va istiqbolli Buyurtmalar portfelini shakllantirish.

3. Institut bitiruvchilarini ishga taqsimlash bo`yicha komissiyasini tashkil etish, taqsimot komissiyasi tomonidan ish beruvchi ta`lim muassasalari, korxona va tashkilotlarning kadrlarga bo`lgan real ehtiyojlariga muvofiq bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini (dastlabki aniqlangan) ishlab chiqish va yakuniy taqsimotni o`tkazib, uning natijalari bo`yicha bitiruvchilarning shahsiy taqsimot qaydnomasini tuzish hamda umumlashtirish.

4. Yangi o`quv yili qabul rejasining bajaralishi (davlat grantlari va to`lov-kontrakt bo`yicha qabul rejasi, tushgan arizalar, konkurs, qabul qilingan talabalar soni, ularning kurslari, ta`lim yo`nalishlari bo`yicha (mutaxassisliklar) bo`yicha taqsimlanishi, o`qitish tillari va h.k.) haqida ma`lumotlar bankini yaratish.

5. Bakalavriat yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklar bo`yicha talabalarning kasbiy mahoratini oshirish va bitiruvchilarni ishga taqsimlash borasida institutning tegishli bo`linmalari (turli-ilmiy uslubiy kengashlar, ilmiy, o`quv-uslubiy bo`linmalar, fakultetlar, kafedralar h.k.) bilan hamkorlik qilish, ular tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish va baholashda ishtirok etish, marketing siyosatini amalga oshirishda barcha tegishli bo`linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish.

 To`lov-shartnoma asosida o`qiydigan talabalar bilan shartnomalar rasmiylashtirish va nazorat qilish inspektorlari vazifalari

1. Korxona, muassasa, tashkilotlar, jismoniy shaxslar bilan mutaxassislar tayyorlash bo`yicha kontraklarni rasmiylashtirish.

2. To`lov-shartnoma asosida o`qiyotgan talabalar bilan o`qish bo`yicha harajatlar farqi hisob-kitobini olib borish (tegishli meyoriy hujjatlar asosida).

3. To`lov-shartnoma asosida o`qiyotgan talabalar bilan o`qish bo`yicha harajatlarni o`z vaqtida to`latish ishlarini amalga oshirish (fakultet dekanlari bilan hamkorlikda).

4. Xalqaro marketing bo`yicha ishlarni olib borish hamda mahalliy va xorijiy jamg`armalar, dasturlardan foydalanish, loyihalar tayyorlashda ishtirok etish.

5. To`lov-shartnoma asosida o`qiyotgan talabalar soni bo`yicha ma`lumotlar tayyorlash (ishchi reja asosida, kadrlar bo`limi bilan birgalikda).

 Yosh kadrlar bilan ishlash inspektorlari vazifalari

 1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-2006 o`quv-yilida O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalariga qabul tog`risidagi 2005 yil 2 iyun PQ-92-sonli qaroridagi barcha ta`lim yo`nalishlari bo`yicha davlat granlari asosida tahsil olgan OTM bitiruvchilarini kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ta`lim muassasalariga, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlash borasidagi vazifalarni o`z vaqtida bajarish va nazorat qilish.

2. Institutda tayyorlanayotgan oliy malakali kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini fakultetlar, kafedralar va ma`muryat bilan o`rganish asosida ma`lumotlar bankini shakllantirish.

3. Mehnat bozori konyukturasini o`rganish, qabul ko`rsatkichlariga taklifni, istemolchilarning bitiruvchilarga bo`lgan real buyurtmalari asosida shakllantirish, talabalar kontingenti, bitiruvchilarning ishga joylashtirish to`g`risidagi respublika ma`lumotlar bazasini tashkil etishga doir hujjatlarni o`z vaqtida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligiga taqdim etish (rahbaryat bilan kelishgan holda).

4. Davlat granti asosida qabul qilingan bakalavr va magistrlar bilan o`qishni bitirgandan so`ng ta`lim muassasalarida yoki korxonalarda kamida uch yil ishlab berish haqida shartnoma tuzish (bir oy ichida bitiruvchilarni xohish istagini inobatga olgan holda)

5. Davlat granti asosida bitirgan yosh mutaxassislarni respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlarida samarali foydalanish uchun ularni o`z vaqtida ish bilan taminlashga ko`maklashish (rahbaryat bilan).

6. Ishga yo`llangan talabalarning mehnat sharoitlari va shartnoma talablari bajarilishi yuzasidan arizalarni prorektorlar yordamida ko`rib chiqish va yechim qabul qilish.

7. Bitiruvchi talabalarga bo`lg`usi ish o`rni to`g`risida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarni o`tkazishni tashkil etish (rahbaryat yordamida).

8. O`tgan o`quv yili bitiruvchilarini ishga joylashganligi to`g`risida ma`lumotlar tayyorlash.