Markazlar va Bo`limlar

Ma’naviyat bo`limi

Bo`lim boshlig`i

Ibragimov Farhodjon Bazorboyevich

Bo`lim boshlig`i


Qabul vaqti: Chorshanba(13:00 16:00 gacha), Dushanba(13:00 16:00 gacha), Juma(13:00 16:00 gacha), Payshanba(13:00 16:00 gacha), Seshanba(13:00 16:00 gacha), Shanba(13:00 16:00 gacha)
Telefon: +998911413633
Elektron pochta: Qdpi-matib@mail.ru

“Ma’naviyat va ma’rifat”va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi

Qo’qon davlat pedagogika institutida  ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiya ishlari rejasi «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi», «Ta’lim to’g’risida»gi qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy  ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi PQ-451-sonli qarorida belgilangan vazifalar Oliy Majlis qarorlari, vazirlik buyruqlari, ko’rsatmalari asosida olib borilmoqda.

          “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi qarorda aholining keng qatlamlari, avvalambor yoshlar o’rtasida Vatanga muhabbat va sadoqat,  insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, milliy urf - odat, an’ana va qadriyatlarning hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini har tomonlama ochib berishga yo’naltirilgan suhbat va uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazish, yoshlarga bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining  ustuvor yo’nalishlari, keng  ko’lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini atroflicha sharxlash va tushuntirish,  yurtimizga qarshi qaratilgan g’oyaviy va informasion xurujlar, ularning ortida turgan kuchlarning g’arazli maqsadlarini fosh qilish,  odamlarni xushyorlik va ogohlikka da’vat etish hamda  boshqa ko’pgina vazifalar belgilangan.

Bugungi kunda  ma’naviy  - axloqiy jihatdan  etuk va sog’lom dunyoqarashga ega bo’lgan insoniy fazilatlarni ro’yobga chiqara oladigan ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash asosiy ustuvor vazifa hisoblanadi. SHu jihatdan olganda institutda ma’naviy – ma’rifiy ishlar bugungi kun talablari darajasida olib borilmoqda.

Ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy tarbiya ishlari rejasiga asosan ma’naviy barkamol, axloqan etuk insonlarni tarbiyalashga yo’naltirilgan.

Rejada quyidagi yo’nalishlarga e’tibor qaratilgan:

1.     Talaba-yoshlarga kasbiy bilimlar berish bilan cheklanib qolmasdan, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytiruvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan oshno etuvchi, shaxsiy sifatlarni qaror toptiruvchi tadbirlarni amalga oshirish.

2.     Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyatini targ’ib qilish, xususan institutning kasbiy xususiyatlaridan kelib chiqib, o’z sohasidagi yangiliklarni tezkor tarzda etkazish.

3.     Talaba-yoshlar orasida siyosiy hushyorlikni oshirish, ogohlik, tinchlik,  hamjihatlik kabi g’oyalarni keng targ’ib qilish.

4.     Milliy g’oyalarni targ’ib qilish, mustaqilligimiz mohiyatini, uning istiqboli va yaratilgan imkoniyatlarni talaba-yoshlar qalbiga chuqur singdirish.

5.     Talaba-yoshlar o’rtasida sportning ahamiyatini tushuntirish, sog’lomlashtiruvchi tadbirlar salmog’ini oshirish, sog’lom turmush tarzi falsafasini hayotiy ehtiyoj darajasiga ko’tarish. 

6.     YUrtimiz va jahonda ro’y berayotgan voqea-hodisalar to’g’risidagi axborotlar talqinini ob’ektiv shaklda to’g’ri etkazish, O’zbekistonda tinchlik va osoyishtalikni himoya qilishga o’rgatish, siyosiy madaniyatni qaror toptirish.

7.     Institutdagi har bir fakulütetda, akademik guruhlarida sog’lom ma’naviy muhitni shakllantirish,  talaba-yoshlarni madaniy merosimiz, urf-odatlarimizga nisbatan e’tiqodini oshirish.

8.     Bo’lajak mutaxassis shaxsida insonparvarlik, hamjihatlik va hamkorlik fazilatlarini qaror toptirish.

9.      Institutda «Ustoz-shogird» tizimini doimo takomillashtirib, ular faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish.

10.    Talaba-yoshlar ijodiyotini rivojlantirish, ilmiy-texnik, badiiy, intellektual yo’nalishdagi tugaraklar faoliyatini to’g’ri tashkil etish va rag’batlantirib borish.

Institut jamoasining ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy yo’nalishdagi  bosh vazifasi talaba-yoshlarni Ona Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqatli, etuk, davr talabiga javob beradigan, raqobatbardosh,  yuqori malakali mutaxassis-kadrlar, axloqiy, jismoniy jihatdan sog’lom, barkamol insonlar qilib tarbiyalashdan iboratdir. Ushbu dolzarb vazifalar ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy tarbiya ishlari rejasida to’la o’z aksini topgan.

Talaba–yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida zamonaviy informasion-pedagogik texnologiyalarga asoslangan yangi uslublardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Institutda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar asosan quyidagi ustivor yo’nalishlarda olib borilmoqda:

·        Talabalarni milliy istiqlol g’oyasi ruxida, ma’naviy-ma’rifiy, g’oyaviy etuk, ijtimoiy faol, milliy g’ururli, barkamol insonlar qilib tarbiyalashda Vatan va millat tarixini to’la o’rganish (tarixiy sanalarni, milliy bayramlarimizni nishonlash)ga  oid ishlar;

·        Talabalarni, professor-o’qituvchilarni, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, ularning o’qish, fan bilan shug’ullanish hamda  kasbiy tarbiya uchun to’la imkoniyat yaratish bo’yicha olib boriladigan ishlar;

·        Xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, giyohvandlikka qarshi kurash sohasidagi ishlar;

·        Talabalar shaxsini shakllantirish, rivojlantirish, o’z-o’zini tarbiyalash hamda tarbiya texnologiyasi muammolariga oid ishlar;

·        Talaba-yoshlarning ijtimoiy-siyosiy ongini rivojlantirish, ularda tashabbuskorlik, milliy va diniy qadriyatlarga nisbatan hurmatni shakllantirish, tanqidiy va tahliliy, erkin fikrlash, mustaqil hayotga, oila qurishga tayyorlashga, ekologik tarbiyaga oid ishlar.