Kafedralar

Matematika o`qitish metodikasi

Kafedra mudiri

Jumaqulov Xurshidjon

Kafedra mudiri


Qabul vaqti: Chorshanba(15:00 17:00 gacha), Dushanba(15:00 17:00 gacha), Juma(15:00 17:00 gacha), Payshanba(15:00 17:00 gacha), Seshanba(15:00 17:00 gacha)
Telefon: +998936426954
Elektron pochta:

Qo’qon Davlat Pedagogika institutida matematika fani bo’yicha professor – o’qituvchilar Matematika fakulteti ochilgunga qadar “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi tarkibida faoliyat ko’rsatganlar. Matematika kafedrasi o’zining asosiy faoliyatini 1970 yilda Matematika fakulteti ochilishi bilan boshlagan. Unga birinchi bo’lib 1970 – 1974 yillarda dosent X.Fozilov mudirlik qilgan. 1974 – 1984 yillarda kafedrani dosent X.Mavlonqulov boshqardi. 1984 yilda kafedra  ikkita kafedraga ajratildi. Bu kafedralar “Oliy matematika” va “Fizika va matematika o’qitish metodikasi” deb nomlandi. “Oliy matematika” kafedrasiga f.-m.f.n. SH.Soliev 1984 yildan 1987 yilgacha mudirlik qildi. 1987 yildan 1995 yilgacha kafedraga professor Q.Boyqo’ziev mudirlik qildi. 1995 yilda kafedra tarkibidan “Algebra va geometriya” kafedrasi mustaqil ajralib chiqdi. Bu kafedraga f.-m.f.n. SH.Soliev rahbarlik qildi. 1999 yildan  “Oliy matematika” va “Algebra va geometriya” kafedralari qaytadan birlashib,  unga f.-m.f.n. SH.Soliev kafedra mudiri bo’ldi.

2001 yilda kafedra tarkibiga institutning “Fakultetlararo matematika” kafedrasi ham birlashtirilib, uni “Matematika” kafedrasi deb nomlandi. 2004 yil oxirida institutning “Informatika va hisoblash matematikasi” kafedrasi ham “Matematika” kafedrasi tarkibiga kiritilib, uni “Matematika – informatika” kafedrasi deb nomlandi. Kafedraga dosent SH.Soliev kafedra mudiri qilib saylandi. 2010 yildan 2012 yilgacha kafedraga f.-m. fanlari nomzodi B.Mamadaliev, 2012 yil martdan   “Matematika – informatika” kafedrasiga t.f.n.  A.Abdullaev. 2013 yilsentyabr oyidan “Matematika-informatika” kafedrasi ikkita kafedraga ajratildi.

Bu kafedralar “Matematika” va “Informatika va axborot texnologiyalari” deb nomlandi. “Matematika” kafedrasi mudiri etib pedagogika fanlari nomzodi X.Ustadjalilova saylandi.

Kafedra tashkil topganidan boshlab, kafedrada hozirda marxum Republikamizda taniqli ustoz olim – pedagoglarni faoliyatlarini eslatib o’tish lozim. Bular dosent X.Fozilov, professor Q.Boyqo’ziev, f.-m.f.n. N.SHeraliev, p.f.n. M.Xayitov, katta o’qituvchi O.Suvonovlar.

Hozirgi kunda kafedra “Matematika o’qitish metodikasi” deb nomlanib kafedradaning asosiy shtatida 30 nafar o’qituvchi bo’lib, ulardan fan nomzodlari 5 nafar, dosent 2 ta, o’rindoshlik asosida 4 nafar o’qituvchi, ulardan 1 kishi fizika-matematika fanlari nomzodi fan nomzodi.

Hozirda kafedrada o’z sohasining yirik namoyandalari hisoblangan va kafedra ilmiy salohiyatini ko’tarib kelayotgan ustozlarimiz faoliyat ko’rsatib, o’z bilim va tajribalari bilan yosh avlodni tarbiyalamoqdalar. Bular dosent SH.Soliev, dosent M.Mamajonov, fizika-matematika fanlari nomzodlari katta o’qituvchilar D.Akbarov, U.Akbarov, B.Mamadaliev, p.f.n. X.Ustajalilova, tajribali pedagoglarimiz katta o’qituvchilar M.Ibragimova, M.Mansurov, A.Turg’unov, A.Ergashev, M.Ummatova, O.Maxmudova,  D.Aroev, M.Esonov,  G.Rasulovalar. Ular o’zlarining pedagogik va ilmiy faoliyatlari bilan kafedramizni institutning etakchi kafedralari qatoriga chiqardilar.

Kafedramizda yuqoridagi ustozlarimizning davomchilari faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar bular umidli yoshlarimiz X.To’raqulov, S.Mamajonov, SH.Jo’raev, Faxriddin Rafiqov, X.Ergasheva, X.Maxkamov, M.Mamasolieva, O.YUnusov, D.Mo’ydinjonov, Nuritdinov J., Zunnunov A., Otaboev M., Fayzullo Rafiqovlarni keltirish mumkin.

2016 yil yanvar oyidan kafedraning katta o’qituvchisi fizika-matematika fanlari nomzodi X.Jumaqulov O’zbekiston respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi Matematika institutida katta ilmiy hodim lavozimida doktorlik dissertasiyasi buyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. SHuningdek kafedrada ko’p yillab mexnat qilib  hozirgi kunda nafaqada bo’lgan ustozlarimiz dosent S.Nosirov, katta o’qituvchilar  YU.Jo’raev, Z.Sanginova, SH.Nuriddinovalar bilan ham aloqada bo’lib, ulardan habar olib, institut va fakultet tadbirlariga taklif qilib borilmoqda.

Kafedramizda hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, pedagogik va axborot-kommunikasion texnologiyalarni o’quv  jarayonida qo’llash va pedagogik mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar foydalanib dars samaradorligini oshishiga o’z xissalarini qo’shmoqdalar.

SHuningdek sinov va namunali darslarni o’tishda ko’p o’qituvchilarimiz noan’anaviy darslardan muammoli dars,  konferensiya darsi, muloqot darsi, davra suxbati darsi, musobaqa darsi, viktorina darslari, dasturlashtirilgan dars (kompyuter texnik vosita sifatida) munozara darslardan foydalanib o’tishmoqda. Ko’pgina o’qituvchilarimiz innovasion metodlardan bo’lgan klasterlar (tarmoqlar) metodi, aqliy xujum, bumerang texnologiya va boshqa metodlardan foydalanib, dars samaradorligini oshirishga yordam bermoqdalar.

Kafedra a’zolari talaba yoshlarning mustaqil fikrlashi va dunyoqarashini, hayotga munosabatini to’g’ri shakillantirish uchunbutun kuch, bilim va imkoniyatlari bilan xizmat qilmoqdalar. Pedagog-hodimlarimiz yosh avlodni ta’lim-tarbiyasini to’g’ri tashkil etish, talabalarni mustaqillikni mustahkamlashga qodir, ma’naviy etuk, ijtimoiy faol va g’oyaviy barkamol bo’lishlariga uz hissalarini qushib kelmoqdalar.