Kafedralar

Kimyo o`qitish metodikasi

Kafedra mudiri

Ochilov G`olibjon Mamayunusovich

Kafedra mudiri


Qabul vaqti: Dushanba(14:00-16:00), Seshanba(14:00-16:00), Chorshanba(14:00-16:00), Payshanba(14:00-16:00), Juma(14:00-16:00)
Telefon: +99891 683-69-80
Elektron pochta: golib@umail.uz

Kimyo kafedrasi 1991-yilda dastlab Matematika-fizika fakulteti biologiya kafedrasining kimyo bo‘limi sifatida shakllangan. 1994-yilda kimyo kafedrasi mustaqil kafedra sifatida biologiya kafedrasidan ajralib chiqqan. Kafedraga 1994-1995-yillarda f/m.f.n. I.T.Maxmudov rahbarlik qilgan. 1994-1995-o‘quv yilida kimyo yo‘nalishi bo‘yicha 48 ta talaba birinchi qaldirg‘ochlar bo‘lib tamomlashgan. Kafedraga turli yillarda quyidagi olimlar rahbarlik qilishgan:

1995-1996-yillar b.f.n. G‘.Xolmuxammedov;

1997-1998-yillar k.f.n., dotsent V.U.Xo‘jayev;

1998-2003-yillar k.f.n. M.S.Maqsudov;

2003-2005-yillar k.f.n. I.Jalolov;

2005-2006-yillar k.f.n, dotsent M.Yu.Isaqov

2006-2013-yillar k.f.d. V.U.Xo‘jayev;

2013-2016-yillar t.f.n., dotsent I. I.Qo‘qonboyev.

2017-yilning yanvar oyidan boshlab kafedraga kimyo fanlari nomzodi, dotsent Ochilov G‘olibjon Mamayunusovich mudirlik qilib kelmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar fan doktori, professor; 3 nafar fan nomzodi, dotsent; 2 nafar fan nomzodi; 1 nafar falsafa doktori, 5 nafar katta o‘qituvchilar va 8 o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.

2014-yil mart oyidan kafedra “Kimyo o‘qitish metodikasi” nomi bilan faoliyat olib bormoqda.

Kafedra tashkillangan beri olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida 3 ta fan nomzodi, 2 ta falsafa doktori (PhD) va 1 ta fan doktorlik dissertasiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi. Hozirgi kunda kafedra o‘qituvchilari va magistrantlaridan 6 ta doktorant va 9 ta mustaqil tadqiqotchilar O‘zR FA tassarufidagi turli ilmiy tekshirish institutlari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.

Kafedrada olib borilgan o‘quv-uslubiy ishlar natijasida 20 dan ortiq turli o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar va darsliklar nashrdan chiqarilgan. Jumladan so‘ngi ikki yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2 ta darslik, 7 ta o‘quv qo‘llanma OO‘MTVning Muvofiqlashtiruvchi kengashi grifi asosida nashr ettirildi va o‘quv jarayoniga tadbiq qilindi.

Iqtodorli talabalar bilan olib borilgan faoliyat natijasida 5 nafar “Ulug‘bek”, 1 nafar “Beruniy”, 2 ta “Navoiy” va 1 ta “Islom Karimov” nomidagi Davlat stipendiyalari sohiblari etishib chiqdilar.

Iqtidorli talabalar Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan fan olimpiadalarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishmoqda. Oxirgi ikki o‘quv yilida iqtidorli talabalarda 2 hafari birinchi o‘rin va 1 nafari uchunchi o‘rin sohiblari bo‘lishdi.

Hozirgi kunda kafedra qoshida 5110300-kimyo o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, 5A110301-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo) mutaxasisligi bo‘yicha magistratura, 02.00.09-Tovar kimyosi va 02.00.10-bioorganik kimyo yo‘nalish bo‘yicha tayanch doktarantura yo‘nalishlari mavjud.

Kafedra professor-o‘qituvchilari

Isaqov Muhammadjon Yunusovich Dotsent
Qo`qonboyev Ikromjon Ibrohimovich Katta o`qituvchi
Mahmudov Ilxomjon Tolibjonovich Katta o`qituvchi
Kazimova Nafisaxon Munavvarovna Katta o`qituvchi
Saidahmedova Nurxon Yusupovna Katta o`qituvchi
Rahmatullayeva Gulsinoy Mamajonovna Katta o`qituvchi
Oxunov Isroiljon Islomovich Katta o`qituvchi
Meliboyeva Gulchehraxon Salavatovna O`qituvchi
Xudoyberdiyev Jaloliddin Xasanovich O`qituvchi
Õo`jayeva Nafisaxon Toshtemirovna O`qituvchi
Azimov Nurmuhammad Shuhratovich O`qituvchi
Xikmatullayev Izzatullo Lutfullayevich O`qituvchi