Kafedralar

Geografiya o`qitish metodikasi

Kafedra mudiri

Isaqov Valijon Yunusovich

Kafedra mudiri


Qabul vaqti: Dushanba(14:00-16:00 gacha), Juma(14:00-16:00 gacha)
Telefon: +998911231112
Elektron pochta: isaqov.1947@mail.ru

1999-2000 o`quv yilining mart oyida “Umumiy biologiya” kafedrasi negizida tashkil etilgan geografiya kafedrasi dastlab “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” (2014), keyin “Geografiya o’qitish metodikasi” nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedraga b,f,n., dotsent A.Jabborov (2000-2001), b.f.n. S.Abdinazarov (2001-2004),  M.Mo`ydinov ((2004-2009), b.f.d., professor V. Isakov (2009-2011), i.f.n. N. Babayeva (2011-2014), g.f.n. D. Mo`minov (2014-2017) rahbarlik qildilar. 2017 yildan b.f.d. V. Isaqov rahbarlik qilib kelmoqda.

“Geografiya o’qitish metodikasi” kafedrasi   5110500- geografiya o`qitish metodikasi yo`nalishida, o`qish muddati 4 yil bo`lgan “Bakalavr” malakaviy darajasiga ega bo`lgan kadrlarni tayyorlaydi. Yo`nalish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-sonli qarori bilan tasdiqlangan. 1996-2018 yillar davomida ta’lim yo`nalishini 1000 nafardan ortiq talabalar tamomlab, mustaqil hayotga yo`llanma olishdi. Ta’lim yo`nalishi tamomlab ketgan sobiq talabalar hozirgi kunda Farg`ona, Namangan va Andijon viloyatlari umumiy o`rta ta’lim muassasalarida, akademik lisey, kasb-hunar kollejlarida ishlab kelishmoqda. Ta’lim yo`nalishida taqsil olgan talabalardan 2 nafar Davlat stependiati,  1nafar Xalqaro tanlov g`olibi, 30 dan ortiq imtiyozli diplom sohiblari yetishib chiqdi. Hozirgi kungacha ta’limni davom ettirib, magistraturada tahsil olayotgan talabalar soni 15 nafardan ortiq.

Kafedra professor-o`qituvchilari “Ta’lim to`g`isida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” hamda “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirishning Davlat umumilliy dasturi” kabi  qaror va farmonlarning ijrosini amalga oshira borib, “Umumiy o`rta ta’lim maktablarida geografiya fanlarining o`qitilishini sifat va samaradorligini oshirish”, “Umumiy o`rta ta’lim maktablarida geografiya fanlarini o`qitishda milliy istiqlol g`oyasini o`quvchilar ongiga singdirish” mavzularida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari

Abdunazarov Lutfillo Mamanovich Katta o`qituvchi
Abdinazarova Hidoyatxon Oripovna Katta o`qituvchi
Akbarov G`olibjon Alisherovich Katta o`qituvchi
Xoshimov Azamatjon Naziraliyevich O`qituvchi
Berdiyev G`ayratjon Hasanboyevich O`qituvchi
Qo`chqarov Otabek Ahmedovich O`qituvchi
Qo`zibayeva Ozodxan Mahmudovna O`qituvchi
Nazarov Husniddin Yoqubovich O`qituvchi
Otajonov Shuxratjon Erkinjonovich O`qituvchi
Jobborov Azam Mashrapovich dotsent