Kafedralar

Umumiy pedagogika va psixologiya

Kafedra mudiri

Ustajalilova Xurshida

Kafedra mudiri


Qabul vaqti: Chorshanba(14:00 – 16.00 gacha), Dushanba(14:00 – 16.00 gacha)
Telefon: +998912012112
Elektron pochta:

Umumiy pedagogika va  psixologiya kafedrasida faoliyat yuritayotgan o`qituvchilar soni  asosiy shtatda 21 nafar. Ulardan 1 nafar fan nomzodi, dosent , 3 nafar dosent  va  4 ta katta o`qituvchi,  10 nafar  o`qituvchi, 3 nafar assisent o`qituvchilardir.

          O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida”gi 2015 yil 12 iyundagi PF-4732-sonli farmoni bo`yicha 2017 yil  mart ,aprel  oylarida   fan o`qituvchilaridan M.Isaxonova, D.Xoshimova, G.Ashurovalar Qayta  tayyorlash  va Malaka oshirish kurslarida o`qidilar va ularning barchasi   kurslarni muvaffaqiyatli tugatib malaka attestatiga ega bo`ldilar.

Kafedrada malakaviy amaliyotni tashkil etish bo`yicha  dos.M.M.Umarovaning “Bitiruv  malakaviy amaliyot”, katta o`qituvchi M.Yusupovning “Bitiruv  malakaviy amaliyotni tashkil etish”(T.2017) o`quv qo`llanmalari chop etildi. Kafedrada malakaviy amaliyotni tashkil etish bo`yicha  yo`riqnoma  ishlab chiqilgan bo`lib, kafedra a’zolari  ta’lim yo`nalishlarida malakaviy amaliyot jarayonida  pedagog-psixolog sifatida faoliyat  yuritadilar.

2017-2018 o`quv yilida kafedra  professor-o`qituvchilari tomonidan  4 ta ochiq leksiya o`tkazish rejalashtirildi va jadval asosida  dosent O`.Yo`ldashev, dosent Z.Xolmatovalarning  ochiq leksiyalari  o`tkazildi.

 “Umumiy pedagogika”, “Umumiy psixologiya” fanlaridan  namunaviy dasturda  ko`rsatilgan   adabiyotlar  mos  keladi. O`quv rejadagi “Umumiy pedagogika” fanidan  o`qituvchi  M.Xushnazarova “Pedagogika nazariyasi va tarixi” ( OO`MTV grifi, hammualliflikda) darsligini   chop etgan. O`quv  rejadagi “Umumiy psixologiya” fanidan  dos. M.Zufarova tomonidan (nafaqada), (  OO`MTV grifi ¹ 125 ) “Umumiy psixologiya” darsligi  (kirill va lotin tilida” Faylasuflar” nashriyoti.) chop etilgan. SHuningdek, kafedra  fan o`qituvchilari  hammualliflikda “ Pedagogik psixologiya” o`quv qo`llanmasi (“Fan va texnologiyalar “nashriyoti .) chop etilgan. Kafedra dosenti O`.Yo`ldashev tomonidan  “Pedagogika” o`quv qo`llanmasi  2017 yilda “Navro`z” nashriyotida, “Umumiy  pedagogika” o`quv qo`llanmasi ( “Fan va texnologiyalar” nashriyoti .2017 yil.23,5 b.t.)  chop etildi.

Kafedra  dosenti  M.Xushnazarovaning o`quv rejadagi “Umumiy pedagogika”   fanidan “Teoriya pedagogiki” ( 2017 yil ) o`quv qo`llanmasi chop etildi.

         Maktabgacha va boshlang`ich  ta’lim  fakultetida   o`qituvchilar  va  talabalar  ishtirokida katta o`qituvchi  M.Yusupovning  “Dars taxlili va uning  turlari” ( 2017 y) , “Malakaviy  amaliyot”  ( 2017 y.) uslubiy qo`llanmalarining  taqdimoti  o`tkazildi.

         Maktabgacha va boshlang`ich  ta’lim  fakultetida 26.09.2017 yilda  o`qituvchilar  va  talabalar  ishtirokida katta o`qituvchi  S.Isomitdinovning “Pedagogik  mahorat  asoslari” ( “Navro`z” nashriyoti.7,5 b.t.2017.) o`quv uslubiy qo`llanmasi, Korreksion pedagogika: asosiy tushunchalar” ( “Navro`z” nashriyoti.7,5 b.t.2017.) o`quv uslubiy  qo`llanmasining  taqdimoti  o`tkazildi.

Kafedra  dosenti  O`.Yo`ldashev  O`zbekiston  Respublikasi  Intellektual mulk  agentligining EHM uchun yaratilgan  rasmiy ro`yxatdan o`tgan  “Umumiy pedagogika“ fanining  “Tarbiya nazariyasi”, “Ta’lim nazariyasi”  bo`limlari bo`yicha  virtual  stend  ¹  DGU 03572 ,  “Pedagogika tarixi”  bo`limi bo`yicha ¹ DGU 04356 guvoxnomasiga  ega bo`ldi. Respublikamizda ta’lim sohasida o`tkazilayotgan tub islohotlarning mazmuni bugungi kunda ta’lim  jarayonini loyixalashga yangicha yondashuv bilan boyib bormoqda. Pedagogik texnologiya – vaqt taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jihatdan asoslangan hamda kutilgan natijaga erishishni ta’minlovchi pedagogik jarayonning barcha bosqich va qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizimdir.

Davlat  ilmiy  - texnika  dasturlari   doirasida  amalga  oshiriladigan  2013 – 2017 yillarga   mo`ljallangan  fundamental,  2015 -2017 –yillarga mo`ljallangan amaliy va   innovasiya loyihalari asosida  Z.Xolmatova  kichik ilmiy xodim sifatida  faoliyat  ko`rsatadi. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo`lga qo`yilgan Hamkorlik aloqalariga asosan  Nizomiy nomidagi  TDPU huzurida  p.f.n.dos. J.Gulyamov  rahbarligida bajarilayotgan  ITD – 1 – 53 raqamli  “Uzluksiz  ta’lim  tizimida  o`rta bo`g`in boshqaruv  kadrlarni tanlash, tayyorlash va o`rniga  qo`yishga  zamonaviy  yondoshuvlar “  mavzusidagi  loyihada kafedra  o`qituvchisi  M.Xushnazarova  ijrochi  sifatida qatnashmoqda.

Kafedra  a’zolari M.M.Umarova,  dosentlar O`.Yo`ldashev, M.Xushnazarova, Z.Xolmatovalar  “ Harakatlar strategiyasi – inson manfaatlari   uchun “ mavzusida  2017 – 2021 –yillarda  O`zbekiston Respublikasini  rivojlantirishning  beshta ustuvor yo`nalish  bo`yicha Harakatlar strategiyasini  keng targ`ib qilish, aholiga harakat yo`nalishlaridan  kelib  chiqadigan  ustuvor  vazifalarning  maqsad va mohiyatini  tushuntirish  maqsadida  Qo`qon shahridagi  ta’lim muassasalarida,mahalla  fuqarolar  yig`inlarida ma’ruzalar , targ`ibot  ishlarini olib bordilar .

O`tgan davr davomida kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash ishlari sifati va amaliy samaradorligini oshirishga alohida e`tibor qaratdi.

Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishda respublikadagi etakchi oliy o`quv yurtlari  TDPU, O`zMU, O`zPFITI , chet el Kiev, Belgorod  OO`YUlari bilan ilmiy aloqalarni kengaytirishga alohida e`tibor qaratildi.

Kafedrada Axborot-texnologiyalari markazi bilan  hamkorlikda  O`zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarini amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Rayosati hamda Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi  tomonidan ta’lim muassasalarida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish darajasini oshirish, milliy axborot-kommunikasiya tizimini yanada rivojlantirish to`g`risida qabul qilingan qaror va vazifalarni  ijrosini ta’minlash yuzasidan institut rektorining buyruqlari ishlab chiqilib, tegishli vazifalar amalga oshirilib kelinmoqda.

Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llash, ulardan samarali foydalanish, professor-o`qituvchilar va talabalarni axborot olish, telekommunikasiya infratuzilmasi, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini modernizasiya qilish borasida  kafedrada Axborot-texnologiyalari markazi bilan hamkorlikda keng ko`lamli ishlar amalga oshirildi va  hozirgi kunda o`quv jarayonini samarali tashkil etilmoqda.

Kafedrada o`qitiladigan “ Umumiy pedagogika”, “Umumiy psixologiya” fanlaridan yaratilgan elektron o`quv majmua resurslarini  yangi moodle tizimiga kiritish imkoniyati yaratildi.