Kafedralar

Maktabgacha ta`lim

Kafedra mudiri

Ustajalilova Xurshida

Kafedra mudiri


Qabul vaqti: Chorshanba(14:00 – 16.00 gacha), Dushanba(14:00 – 16.00 gacha)
Telefon: +998912012112
Elektron pochta:

“Maktabgacha ta’lim” kafedrasi uzoq yillik tarixga ega bo’lib, 1975-1976 yillarda tashkil topgan, unga dastlab p.f.n., dosent Kalonxo’jaeva Zuxra Akramovna mudirlik qilgan.  

1986-1993 yillarda p.f.n., dosent YOqubov Ne’mat YOqubovich  ushbu kafedrada mudir sifatida  faoliyat yuritganlar.

1998-2000 yillarda kafedra mudiri lavozimida p.f.n., dosent S.Obidjonova faoliyat ko’rsatgan.

2001-2003 o’quv yilida “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi  BTM kafedrasi negizida tashkil topdi va kafedraga f.f.n., dosent S.Tuychiev rahbarlik qilgan.  

2003-2007 yillarda p.f.n., dosent M.Tolipov, 2007-2008 yillarda p.f.n., dosent N. Erkaboeva, 2008-2010 yillarda  f.f.n., dosent S.Nabieva, 2010-2012 yillarda katta o’qituvchi N.Xo’janazarova, 2012-2013 yillarda katta o’qituvchi M.Esonova, 2013-2014 o’quv yilidan   p.f.n., dosent S.Muxamedieva kafedra mudiri lavozimida ishlab faoliyat yuritib kelmoqda.

       Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulüteti institut rektorining 25.03.2015 yil ą 126-U buyrug’i asosida tashkil etildi, Pedagogika kafedrasi fakulütet tarkibiga Maktabgacha ta’lim kafedrasi deb kiritildi.

 Kafedra o’z faoliyatida asosiy e’tiborni  “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Pedagogik ta’lim Konsepsiyasi”, “Bolajon”, “Bilimdon”   tayanch dasturlarida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, talabalar ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish orqali mafkuraviy tarbiyani takomillashtirishga qaratib kelmoqda.

Kafedrada mutaxassislik fanlardan “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi”, “Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash”, “Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish”, “Tabiat bilan tanishtirish metodikasi”, “Estetik tarbiya metodikasi”, “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi”,  “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” va boshqa fanlar o’qitib kelinmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada 9 nafar o’qituvchi asosiy shtatda  mehnat qilmoqda, kafedraning ilmiy salohiyati: 8,1 %.

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

bakalavriat ta’lim yo’nalishi – Maktabgacha ta’lim-5111800

1.Maktabgacha ta’lim pedagogikasi.

2.Estetik tarbiya nazariyasi va metodikasi.

3.Elementar matematik tasavvurlarini shakllantirish.

4.Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.

5.Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi.

6.Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash.

7.Tasviriy faoliyat.

8.Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi.

9.Bolalarni ijodkorlikka o’rgatish.

10.Maktabgacha ta’limda axborotlashtirish.

Kafedra professor-o’qituvchilari:

1.       Muhamedieva Sayyora Renatovna – p.f.n., dosent;

2.       Esonova  Maloxat Oqilovna – katta o’qituvchi;

3.      Xo’janazarova Nargiza Mirzamaxmudovna – katta o’qituvchi;

4.       Mirhaitova  Soxiba Ibragimovna  - katta o’qituvchi;

5.      Sirojiddinova Muxayyo SHarofiddinovna – o’qituvchi;

6.      Matmusaeva Muxayyo A’zamovna  - o’qituvchi;

7.      Meliboeva SHoxista Muxiddinovna – o’qituvchi;

8.      Yuldashev Dilshod Ma’murovich – o’qituvchi;

9.      Abduraximov SHoqosim Abduraxmonovich - o’qituvchi.

KAFEDRANING ASOSIY YUTUQLARI.

Pedagogika fanlari doktori, dosent Erkaboeva Nigora SHermatovna 2007 yilda “Mustaqillik yillarida O’zbekistonda pedagogik fikrlarning rivojlanishi” (1992-2005 yillar kesimida) mavzusida doktorlik dissertasiyasi himoya qilindi. N. SH. Erkaboeva tomonidan ko’plab ilmiy-uslubiy maqolalar chop etilgan. 2012 yilda “Pedagogik mahorat: seminar va laboratoriya mashg’ulotlari uchun ishlanma” nomli o’quv qo’llanmasi, “Pedagogik mahorat sxema rasmlarda” nomli qo’llanmalari chop etilgan.

Muhamedieva Sayyora Renatovna 1992 yildan buyon faoliyat ko’rsatmoqda. 1993 yilda S. Muhamedievaning nomzodlik dissertasiyasi OAKda tasdiqlangan. Mavzu bo’yicha 40 dan ortiq ilmiy maqolalar, konferensiya tezislari va Respublikaning nufuzli jurnallarida chop etilgan.

1997 yilda “Kichkintoylarni gigienik tarbiyalash” nomli uslubiy qo’llanma, 2000 yilda “Salomatlik alifbosi” mavzusida uslubiy tavsiya, 2006 yilda “Pedagogik amaliyot” nomli uslubiy qo’llanma, 2006 yilda “Agar bolam sog’lom bo’lsin desangiz” mavzusida uslubiy qo’llanma, 2012 yilda “Boshlang’ich ta’limda huquqiy savodxonlik tarbiyasi”, 2015 yilda “Didaktik o’yinlar va ta’lim samaradorligi” kabi uslubiy qo’llanmalari chop etilgan.

2006 yil noyabrü 13.00.06 – tarbiya nazariyasi va uslubiyoti mutaxassisligi bo’yicha “Talabalarni gigienik tarbiyalash samaradorligini oshirish shakl va metodlari” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi. 2012 yil oktyabrü oyida S. R. Muhamedievaga dosent ilmiy unvonini berish uchun tavsiya etilgan hujjatlari OAK Kengashida ko’rib chiqilib, dosent  ilmiy unvoni tasdiqlandi va berildi. 2012 yil QDPI Kengashida S. Muhamedieva, S. Mirxaitova, M. Esonova hamkorligida “Didaktik o’yinlar va ta’lim samaradorligi” mavzusidagi uslubiy qo’llanmasi ko’rib chiqilib, Toshkent nashriyotida chop etildi.

Kafedra o’qituvchisi M. YAh’yaeva tomonidan 2011 yilda “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni Qo’qon shahri tarixi bilan tanishtirish” nomli uslubiy qo’llanmasi chop etildi.

Kafedra o’qituvchisi S. Mirxaitova 1999 yildan buyon kafedrada faoliyat olib bormoqda. 2012 yilda  “Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida dam olish daqiqalaridan foydalanish”, “Ona tili darslarida dam olish daqiqalaridan foydalanish” mavzusida uslubiy qo’llanmalari chop etilgan.

 Kafedra katta o’qituvchilari M. Abdurahmonova va X. Niyozovalar tomonidan 2008 yilda Toshkent “Fan va texnologiya” nashriyotida “Maktabgacha ta’lim muassasasini jihozlashga qo’yiladigan pedagogik talablar” nomli uslubiy qo’llanmalari, 2008 yilda Toshkent “Fan va texnologiya” nashriyotida kafedra dosenti S. Nabieva va katta o’qituvchi M. Abdurahmonovalarning “Maktabgacha ta’limda buyuk mutafakkirlar va tarixiy yodgorliklar” nomli uslubiy qo’llanmalari chop etildi.