Kafedralar

Fakultetlararo chet tili

Kafedra mudiri

Ismoilov Qahramon Abdumo`minovich

Kafedra mudiri


Qabul vaqti: Dushanba(14:00-16:00), Seshanba(14:00-16:00), Chorshanba(14:00-16:00), Payshanba(14:00-16:00), Juma(14:00-16:00)
Telefon: +99890-974-73-02
Elektron pochta: hero-2008@bk.ru

Kafedra 1995 yilda filologiya fakulteti tasarrufida “Fakultetlararo chet tillar” kafedrasi nomi bilan tashkil topgan. 1995 yildan boshlab kafedra mudiri lavozimida dotsent F.Tillaxo‘jayeva, katta o‘qituvchi Z.Masodiqova, f.f.n., dotsent A.Ziyayev va E.Yusufaliyevlar faoliyat yuritganlar.   2017 yil yanvar oyidan beri kafedra katta o‘qituvchisi Q.Ismoilov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedraning maqsad va vazifalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining barcha farmon va qarorlarini, jumladan: PQ-ą1875, PQ-ą2909, PQ-ą3775-sonli qarorlarini, Vazirlar Mahkamasi qarorlarini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va institut rektori buyruqlarining ijrosini ta’minlash, Evropa Kengashining “Chet tilini egallash umumyevropa kompetentsiyalari: o‘rganish, o‘qitish va baholash” to‘g‘risidagi umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlari (CEFR – Common European Framework of Reference) asosida dastur va majmualar yaratish, talabalarga xorijiy tillarni samarali o‘rgatish, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shishdir.

Kafedra tarkibi

Bugungikundakafedrada 27 nafarpedagogxodimfaoliyatolibbormoqda. Ulardan 27 tasi asosiy shtatda. Kafedrada 1 nafar dotsent,  4 nafar katta o‘qituvchi, 13 ta o‘qituvchi va 9 ta  stajyor-o‘qituvchi hamda 1 ta magistr darajasiga ega bo‘lgan kabinet mudiri (asosiy shtatda) lavozimida faoliyat yuritadilar. Kafedra o‘qituvchilaridan Sh.Qudratova, O.Nasirdinov va Sh.Shodmonov 1875-PQ prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida DTM tomonidan tashkil qilingan va o‘tkazilgan test-sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganlari sababli bazaviy oylik maoshlariga 15% lik ustama haq olmoqdalar.

Kafedra faoliyati va izlanishlar

Kafedrada 4 ta fan o‘qitiladi: amaliy xorijiy til (ingliz tili), amaliy xorijiy til (nemis tili), xorijiy til (ingliz tili), xorijiy til (nemis tili) va 2019-2020 o‘quv yilidan 4-bosqich talabalari uchun amaliy ingliz tili kursi o‘qitilmoqda (ingliz tili va adabiyoti 4-kurs talabalariga amaliy nemis tili o‘qitilmoqda). Shuningdek, kafedra a’zolari magistratura, maxsus sirtqi, ikkinchi mutaxassislik sirtqi va 5 yillik sirtqi ta’lim tizimlarida ham faoliyat yuritadilar.

Kafedra pedagog-xodimlari institutning barcha fakultetlari talabalariga ingliz va nemis tillaridan saboq beradilar. Ushbu tillardagi turli sohalarga oid ilmiy manbalarni tadqiq qilishga ko‘maklashish, ALlar, KHKlari, ixtisoslashgan va barcha turdagi maktablar bilan hamkorlik qilish (ular bilan hamkorlikda turli tadbir va seminar-treninglar hamda mahorat darslari o‘tkazish), talabalarni Respublika Fan Olimpiadalariga tayyorlash va professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalar o‘rtasida ilmiy konferentsiyalar o‘tkazish — kafedra faoliyatining asosiy mazmunini tashkil  qiladi.

Fan dasturlari


Kafedra professor-o‘qituvchilari

Tillaxo`jayeva Fazilya Muxammadjonovna Dotsent
Masodikova Zulfiya Xamdamovna Katta o`qituvchi
Yuldasheva Diloram Aliyevna O`qituvchi
Aliyeva Mastura Saliyevna O`qituvchi
Xomidov Nosirjon Rashidovich O`qituvchi
Xatamqulova Shohistaxon Saidahmedovna O`qituvchi
Alixonova Dilbar Muxtarovna O`qituvchi
Aliyeva Nargiza Nodirovna O`qituvchi
Ismatova Nodira Mahmudovna O`qituvchi
Qudratova Shahnoza Qadirovna O`qituvchi
Ahmedov Umidjon Usubovich O`qituvchi
Ergashev Muhammadjon Rahmonovich O`qituvchi
Ernazarova Xilola Ergashaliyevna O`qituvchi
Yigitaliyeva Muxlisaxon Ahadovna O`qituvchi
Nasirdinov Oybek Abdubannonovich O`qituvchi
Parmonov Alisherjon Abdupattoyevich O`qituvchi
Otaboyeva Mazmunaxon Raximovna O`qituvchi
Aliboyeva Nilufar Maxamatali qizi O`qituvchi
Lutfulina Alfiya Axmadfaridovna O`qituvchi
Olimov Xurshidjon Yunusaliyevich Stajyor o`qituvchi
Omonov Baxtiyorjon Xabitovich Stajyor o`qituvchi
Shodmonov Sherzodjon Xursanaliyevich Stajyor o`qituvchi
Kabirova Diyoraxon Umarjonovna Stajyor o`qituvchi