Kafedra 1931 yilda marksizm-leninizm kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. 1972 yildan markscha-lenincha falsafa deb yuritilgan.
Falsafa kafedrasi 1979 yildan alohida kafedra sifatida tashkil etildi va unda falsafa, ilmiy ateizm va logika fanlari o‘qitila boshlandi. Kafedrada o‘sha davrda falsafa fanlari nomzodlari, dotsentlar Q.Tursunov, S.Yo‘ldashevlar bilan birga yosh o‘qituvchilar M.Aminova, M.Qahhorovlar ishlay boshladilar. Kafredrani 1987 yilgacha dotsent S.Yo‘ldashev boshqardi va yuqori malakali kadrlar tayyorlashda va talabalarga ta’lim-tarbiya berishda muayyan yutuqlarni qo‘lga kiritishga munosib hissa qo‘shdi.
1985 yilda kafedra a’zolaridan M.A.Qahhorov, J.O Qo‘ziboyev, M.M. Aminovalar nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli yoqladilar. 1986-87 o‘quv yilidan boshlab kafedraga falsafa fanlari nomzodi J.Qo‘ziboyev mudirlik qila boshladi. Qayta qurish sharoitida kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlari ancha faollashdi. Q.Tursunov, S.Yo‘ldoshev, J.Qo‘ziboev va M.Qahhorov kabi etakchi o‘qituvchilarning monografiyalari, metodik qo‘llanma, risola va ilmiy maqolalari e’lon qilindi. Keyinchalik ular safiga A.Xamedov va A.Obidjonov kabi yosh iqtidorli o‘qituvchilar qo‘shildi.
1986 yilda kafedra hayotida katta voqea yuz berdi. Dotsent Q,Tursunov doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va kafedraning ilmiy solohiyatini yuqori ko‘tardi.
1994 yildan 1995 yilgacha falsafa fanlari doktori O‘.Toshtemirov, 1995yildan 1998 yilgacha falsafa fanlari nomzodi, dotsent X.Sapoxonovlar mudirlik qilgan.
1997 yilda kafedra olimlari qatoriga yana bir fan doktori qo‘shildi. M.Qaxxorov doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Keyin 1998 yil aprel oyidan 2000 yil iyunigacha falsafa kafedrasining mudiri bo‘lib ishladi.
2000 yil iyundan 2002 yil sentyabrgacha falsafa kafedrasini falsafa fanlari nomzodi M.Aminova boshqarib kelgan. 2002 yil sentyabrdan 2011 yil noyabrgacha falsafa fanlari doktori M.Qaxxorov kafedraga rahbarlik qilgan.
2011 yil noyabr oyidan Falsafa kafedrasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi deb o‘zgartirildi va kafedraga falsafa fanlari nomzodi, dotsent X.Sapoxonov mudir etib tayinlandi.
2013 yil iyun oyidan kafedraga M.Yuldasheva mudir etib tayinlandi.
2015 yil mart oyidan “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazaryasi va amaliyoti” kafedrasi “Ijtimoiy fanlar” kafedrasiga qo‘shilishi natijasida kafedra professor-o‘qituvchilari va kafedrada o‘qitiladigan fanlar salmog‘i ortdi. 2015 yil mart oyidan 2015 yil avgust oyiga qadar kafedraga t.f.n. I.Yo‘ldashev mudirlik qildi.
2015 yil avgust oyidan 2018 yil yanvar oyiga qadar kafedraga i.f.n. dotsent N.Babayeva mudirlik qildi.
2018 yil yanvar oyidan boshlab kafedraga f.f.n., dotsent M.Yuldasheva mudirlik qilib kelmoqda.
Kafedrada 5 ta fan o‘qitiladi: Falsafa, Dinshunoslik, Fuqarolik jamiyati, O‘zbekistonda
demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti va ilmiy tadqiqot
metodologiyasi. Shuningdek, kafedra a’zolari magistratura, maxsus sirtqi,
ikkinchi mutaxassislik sirtqi va 5 yillik sirtqi ta’lim tizimlarida ham
faoliyat yuritadilar.
Kafedra pedagog-xodimlari institutning barcha fakultetlari talabalariga Falsafa, Dinshunoslik, Fuqarolik jamiyati va Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanlaridan saboq beradilar. Ushbu fanlar turli sohalarga oid ilmiy manbalarni tadqiq qilishga ko‘maklashish, ALlar, ixtisoslashgan va barcha turdagi maktablar bilan hamkorlik qilish (ular bilan hamkorlikda turli tadbir va seminar-treninglar hamda mahorat darslari o‘tkazish), talabalarni Respublika Fan Olimpiadalariga tayyorlash va professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalar o‘rtasida ilmiy konferentsiyalar o‘tkazish — kafedra faoliyatining asosiy mazmunini tashkil qiladi.