Kafedralar

O`zbek tili va adabiyoti

Kafedra mudiri

Zohidova Durdona Lutfullaevna

Kafedra mudiri


Qabul vaqti: Dushanba(15:00 17:00 ), Seshanba(15:00 17:00 ), Chorshanba(15:00 17:00 )
Telefon: +998911562128
Elektron pochta: azimov@mail.ru

1939 yil 1 iyuldan kunduzgi o‘qituvchilar pedagogika instituti tashkil qilingach, shu yildan o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘z faoliyatini boshlagan. 

1962 yili kafedra O‘zbek tilshunosligi va O‘zbek adabiyoti kafedralariga bo‘lindi. 1971-76 yillarda o‘zbek adabiyoti kafedrasiga L.Zohidov mudirlik qildilar. 1976-84 yillarda N.Abdullayev mudirlik lavozimida ishladi. 1984-93 yillarda L.Zohidov, 1993-95 yillarda R.Tojiboyev, 1995-96 yillarda M.Siddiqov, 1996-2009 yillarda M.Hoshimova, 2010-2015 yillarda B.Abdurahmonovalar mudirlik qildilar. 2015 yildan kafedraga p.f.n. dotsent M.Jamoliddinov rahbarlik qilib kelmoqda.

Ayni paytda 11 nafar asosiy shtatda, 3 nafar o‘rindosh, jami 14 tajribali professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 8 nafari ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar: f.f.n., dotsent M.M.Hoshimova, f.f.n., dotsent M.Siddiqov, p.f.n., dotsent M.Jamoliddinov, p.f.n., dotsent B.Abdurahmonova, f.f.n., dotsent D.Zohidova, f.f.n., dotsent Z.Qobilova, f.f.n., dotsent M.Tojiboyeva, fil.f.d. (Phd), katta o‘qituvchi B.Hasanova, 2 nafar katta o‘qituvchi, 4 nafari o‘qituvchi.  Kafedraning ilmiy salohiyati 57 %ni tashkil etadi.

2018-2019 o‘quv yilida kafedra a’zosi Hasanova Barno Yusupovna O‘zRFA akademigi B.Nazarov rahbarligida “Asqad Muxtorning hikoyanavislik mahorati” mavzusidagi (10.00.02-O‘zbek adabiyoti) filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasini muvofaqiyatli himoya qildi.

Kafedra a’zolaridan F.Mamatqulova, N.Xolmatova, O.Solievalar tayanch doktoranturada tahsil olmoqdalar.

2018-2019 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan xorijiy jurnallarda 15 ta, OAK tasarrufidagi jurnallarda 20 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi.

Fan dasturlari






Mutolaa madaniyati va ifodali o‘qish

Matnshunoslik

Fors tili

Kafedra professor-o‘qituvchilari

Jamoliddinov Mirxojidin G`iyosidinovich Dotsent
Tojiboeva Mahbuba Rahimovna. Dotsent
Mamatqulova Feruzaxon Tohirovna Dotsent
Abdurahmonova Barno Muhammadjonovna Fan nomzodi
Mamlakatxon Hoshimova Fan nomzodi
Siddiqov Mo`minjon Fan nomzodi
Toshboltaeva Tojixon Abdulhamidovna Katta o`qituvchi
Qurbonova Feruza A`zamovna. Katta o`qituvchi
Xolmatova Nigora Yakubovna Katta o`qituvchi
Meliboeva Marhabo Sharipovna. O`qituvchi
Solieva Olmosxon Ilhomjon qizi. O`qituvchi
DJuraev Muhammadrizo Mamurovich O`qituvchi
Xo‘jaeva Shoiraxon Baxtiyor qizi. O`qituvchi