Kafedralar

Informatika o`qitish metodikasi

Kafedra mudiri

Axmadaliyev Shaxobiddin

Kafedra mudiri


Qabul vaqti: Dushanba(15:00-17:00), Seshanba(15:00-17:00), Chorshanba(15:00-17:00), Payshanba(15:00-17:00), Juma(15:00-17:00), Shanba(15:00-17:00), Yakshanba(15:00-17:00)
Telefon: +998973377406
Elektron pochta: mr.shohobiddingmail.com

Qo`qon  DPIda  matematika  fani  bo`yicha  professor-o`qituvchilar Matematika  fakulteti  ochilgunga  qadar  Boshlang`ich  ta’lim  metodikasi kafedrasi tarkibida  faoliyat  ko`rsatganlar.  Matematika kafedrasi  o`zining  asosiy  faoliyatini  1970 yilda  Matematika fakulteti  ochilishi  bilan  boshlagan.  Unga  birinchi  bo`lib  Fozilov  X.,  1974-1984  yillarda  dotsent  X. Mavlonqulov mudirlik  qilgan.   1984  yilda  kafedra   ikkita  kafedraga  ajraldi. Bu  kafedralar   “Oliy matematika”  va  “Fizika va matematika o`qitish metodikasi” deb nomlanib,  “Oliy matematika” kafedrasiga    f.–m.  f.n. Sh. Soliyev  1987  yilgacha  mudirlik   qildi.   1987 yildan 1995  yilgacha  kafedraga  professor  Q.  Boyqo`ziyev  mudirlik qildi.   1995 yilda kafedra tarkibidan “Algebra va geometriya” kafedrasi mustaqil  ajralib  chiqdi.  Bu kafedraga Sh.Soliyev rahbarlik qildi. 1999 yildan  “Oliy matematika” va “Algebra va geometriya” kafedralari qaytadan  birlashib,  unga  Sh. Soliyev  kafedra  mudiri  bo`ldi.

2001 yilda kafedra tarkibiga institutning “Fakultetlararo matematika”  kafedrasi  ham birlashtirilib, uni “Matematika” kafedrasi deb nomlandi. 2004 yil oxirida institutning “Informatika   va  HT” kafedrasi  ham “Matematika” kafedrasi tarkibiga kiritilib, uni “Matematika-informatika” kafedrasi deb nomlandi.  Kafedraga dotsent Sh. Soliyev kafedra mudiri etib saylandi. 2010-2012 yillarda kafedraga f.m.f.n. B.Mamadaliyev mudirlik qildi. 2012 yildan “Matematika-informatika” kafedrasiga t.f.n. A.Q.Abdullayev mudir etib saylandi. 2014 yildan kafedra ikkiga bo’linib, “Informatika va AT” kafedrasi ajralib chiqdi. 2015 yildan “Informatika va AT” kafedrasi “Informatika o’qitish metodikasi” kafedrasi deb yuritilmoqda. 2018 yildan kafedraning tajribali a’zolaridan Sh.Ahmadaliyev kafedra  mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda.

Kafedra tashkil etilganidan buyon  o`tgan  davrda  ushbu  dargohda ko`plab olimlar, professor-o`qituvchilar mehnat qildilar va qilmoqdalar. 2018-2019 o`quv yilidan boshlab kafedraning ilmiy salohiyatini ko`tarish hamda ta’lim sifatini oshirish maqsadida 2 nafar fan nomzodi  ishga qabul qilindi. Ushbu o`quv yilidan   kafedra a’zosi Rasulov I. “Talabalarning loyihalash madaniyatini kompyuter texnologiyalari vositasida rivojlantirtish” mavzusida pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasini himoya qildi va kafedrada katta o`qituvchi lavozimida o`z faoliyatini boshladi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari

Rasulov Inom Muydinovich Katta o`qituvchi
Siddiqov Ilhomjon Meliqo`ziyevich Katta o`qituvchi
Haydarova Sapiyaxon Katta o`qituvchi
Marasulova Zulayxo Abdullayevna Katta o`qituvchi
Abdullayev Alibek Qodiraliyevich Katta o`qituvchi
Xasanov Xayrullo Maxmudovich Katta o`qituvchi
Djurayev Ikbol Ilyosovich O`qituvchi
Mamadaliyev Tohirjon Valijon o`g`li O`qituvchi
Marahimov Izzat Isroiljonovich O`qituvchi
Shirinov Feruzjon Shuhratovich O`qituvchi
Botirov Muzaffar Mansurovich O`qituvchi
Ahmedova Zebixon Siddiqovna O`qituvchi
Mamadjanova Svetlana Valentinovna O`qituvchi
Madraximov Shuxratjon Shukurovich O`qituvchi
Madraximova Mahfuza Ahmedovna O`qituvchi
Normatov Muhriddin Yo`ldashaliyevich O`qituvchi
Yakubjonova Maftuna Islomjon qizi O`qituvchi
Turdaliyev Sodiqjon Mumijonvich O`qituvchi
Xakimova Yoqutxon Toxirjon qizi O`qituvchi
Mahkamov Ilhomjon Turdaliyevich O`qituvchi
Qarshiyeva Shahnoza Valiyevna O`qituvchi
Jumaqulov Abdumannon Qodirjonovich O`qituvchi
Abdullayev Nozimjon Qodiraliyevich O`qituvchi
Najmiddinov Faxriddin Obidovich O`qituvchi