Kafedralar

Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi

Kafedra mudiri

Baratboyev Botirjon

Kafedra mudiri


Qabul vaqti: Dushanba(14:00 17:00 gacha), Seshanba(14:00 17:00 gacha), Chorshanba(14:00 17:00 gacha), Payshanba(14:00 17:00 gacha), Juma(14:00 17:00 gacha)
Telefon: +998901232223
Elektron pochta:

Qo’qon davlat pedagogika institutining “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”yo’nalishi2011yilda Pedagogika fakul’teti  “Umumtexnika” kafedrasi huzurida tashkil topgan. Mazkur  kafedra  huzurida “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo’nalishi 2015 yilga qadar ko’plab ishlarni amalga oshirdi va institut miqyosida o’z o’rniga ega bo’ldi. 2015 yilning sentyabrida yo’nalishdagi ta’lim sifatini oshirib borish yo’lida “Tasviriy san’at va muhandislik  grafikasi” mutaxassislik  kafedrasi tashkil etildi. Kafedrada 2 nafar pedagogika fanlari nomzodi va dotsent, 3 nafar O’zR badiiy akademiyasi a’zosi va 4 nafar o’qituvchi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Professor-o’qituvchilar yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashda alohida jonbozlik ko’rsatib kelmoqdalar. Bitiruvchi talabalarning eng a’lochilari magistraturalarga o’qishga kirmoqdalar. Bitiruvchilar maktablarda o’quvchilarga “Tasviriy san’at” va “Chizmachilik” fanlaridan o’quvchi yoshlarga ta’lim berib kelmoqdalar. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishida iqtidorli talabalar fan olimpiada va tanlovlarda ishtirok etib viloyat va Respublikada faxrli o’rinlarni egallamoqdalar. Kafedra Respublikadagi ko’plab oliy ta’lim muassasalari va maktablari bilan mustahkam hamkorlik aloqalari o’rnatilgan. Xususan tayanch oliy ta’lim muassasasi bo’lgan, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika  universiteti, Namangan davlat universiteti, Andijon davlat universiteti, Farg’ona davlat  universiteti, Komoliddin Behzod nomidagi MRDI va boshqa universitetlar bilan ilmiy-ijodiy, ma’naviy  va marifiy yo’nalishlarda hamkorlik aloqalari o’rnatilgan. 

         Kafedra professor-o’qituvchilari va talabalari  hamjihat bo`lib yo’nalishi nomini o’zlarining ilmiy va ijodiy ishlari bilan yuqori cho’qqilarga olib chiqishga intilmoqdalar

Kafedra professor-o‘qituvchilari

Umrzaqov Behzot Buronovich Bo`lim boshlig`i
Bo`tayev Axmadali Katta o`qituvchi
Abdullayev Alimardon O`qituvchi