Kafedralar

Pedagogika va psixologiya

Kafedra mudiri

Saliyeva Dilorom

Kafedra mudiri


Qabul vaqti: Chorshanba(14:00-16:00 gacha), Dushanba(14:00-16:00 gacha), Juma(14:00-16:00 gacha), Payshanba(14:00-16:00 gacha), Seshanba(14:00-16:00 gacha)
Telefon: +998902923547
Elektron pochta: Soliyevadilorom&gmail.com

Pedagogika-psixologiya kafedrasi Pedagogika fakulteti tarkibida bo‘lib, mutaxassislik chiqaruvchi kafedra hisoblanadi. Ayni paytda kafedrada 14 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Ulardan 13 nafari asosiy shtatda, 1 nafari o‘rindoshlik asosida ishlaydilar. Kafedrada  2 nafar fan nomzodi, 3 nafar katta o‘qituvchilar va 9 nafar o‘qituvchilar ishlamoqdalar. Kafedraning ilmiy salohiyati   15 % ni tashkil etadi.

Kafedra 2015 yil mart oyidan alohida kafedra sifatida Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasidan ajratilgan, kafedrani psixologiya f.n, dotsent D. Saliyeva boshqaradi. (2013 yildan Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasini boshqargan).

Kafedra o‘z faoliyatida asosiy e’tiborni “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun”, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Pedagogika fani Konsepsiyasi”da belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish, ta’lim jarayoniga noan’anaviy ish usullarini joriy etish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, “Yîshlarga oid davlat  siyosati” davlat dasturi asosida talabalar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish orqali mafkuraviy tarbiyani takomillashtirishga qaratib kelmoqda. Shu maqsadda 2015 yil aprel oyida shahar va atrof-tumanlar kasb-hunar kollejlari, maktablar va akademik litseylar psixologlari uchun “Ontogenez  davrlarida uchraydigan deviant xulq va suitsidal holatlarining reabilitatsiyasi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar seminar o‘tkazildi.

Pedagogika-psixologiya kafedrasi TDPU, FarDU, AnDU, O‘zMU, O‘ZPFITI, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Respublika “Pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash” institutlari bilan hamkorlik ishlarini olib bormoqda. Fan doktorlari, fan nomzodlari rahbarligida iqtidorli talabalar, magistrantlar va ilmiy tadqiqotchilar bilan seminarlar o‘tkazilmoqda. SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11 fevral 2015 yildagi ¹56-F sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida 2015 yil 20 may kuni institutda “Pedagogika-psixologiya fanlarining ta’lim tizimini rivojlantirishdagi o‘rni” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borgan ishlari:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 2006 yil 25 avgust “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida” gi PQ-451-sonli qarori ijrosini amalga oshirish bo‘yicha “Sog‘lom bola yili”, “Keksalarni e’zozlash yili”, “Sog‘lom Ona va bola yili”, davlat dasturlari asosida Qo‘qon shahridagi mahallalar fuqarolari yig‘inlarida, kasb-hunar kollejlarida, Qo‘qon yog‘-moy kombinatida, korxona va tashkilotlarda ma’ruzalar, davra suhbatlari, psixologik treninglar o‘tkazildi va hozirda “ Xalq bilan muloqot va inson maanfatlari yili” davlat dasturlari asosida kafedaraning dasturi ishlab chiqildi.  

BAKALAVRIAT:

5110900-PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA YO‘NALISHI

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR:

·        Umumiy psixologiya

·        Rivojlanish psixologiyasi

·        Pedagogik psixologiya

·        Yosh va pedagogik psixologiya

·        Ijtimoiy psixologiya

·        Umumiy pedagogika

·        Pedagogika nazariyasi va tarixi

·        Ijtimoiy pedagogika

·        Pedagogik mahorat

·        Pedagogik texnologiya

·        Maxsus psixologiya

Kafedra professor-o‘qituvchilari

Ergashev Eminjon Alievich Katta o`qituvchi
Sultonova Nurxon Anvarovna Katta o`qituvchi
Mirzadjanova Diloram Sadikovna O`qituvchi
Ibragimova SHahnoza Gapparovna O`qituvchi
Xolquziyeva Dilnoza Bahodirovna O`qituvchi
Sultanov Sherzod Elumuratovich O`qituvchi
Nazirova Go`zal Malikovna O`qituvchi
Xushnazarova Ma’mura Nodirovna dotsent