Kafedralar

Musiqiy ta’lim

Kafedra mudiri

Najmetdinov G`ayratjon

Kafedra mudiri


Qabul vaqti: Dushanba(14:00 16:00 gacha), Juma(14:00 16:00 gacha)
Telefon: +998903083737
Elektron pochta: najmiddinov@umail.uz

Musiqa ta`limi kafedrasi 1990 yil may oyidan BTM fakulteti qoshida mustaqil kafedra sifatida faoliyat yurita boshladi.  1991 yili birinchi marta “Musiqa o`qituvchisi” ixtisosligi bo`yicha kunduzgi va sirtqi bo`limlarga o`qishga qabul qilinib, talabalar o`qitila boshlandi. 1996 yili kafedra mustaqil bo`lim sifatida ish boshladi. 1998 yil yili esa fakultet maqomi berildi. Shu kungacha ko`plab mutaxassislar ushbu fakultetda o`qishni tamomlab, Xalq ta’limi tizimida musiqa madaniyati fani o`qituvchisi vazifasida va ta`limning turli jabhalarida faoliyat olib bormoqdalar. Yo`nalishda fan nomzodlari, faxriy professor, katta o’qituvchilar va tajribali pedagoglar faoliyat olib borib yoshlarga musiqa fanlari bo`yicha ta`lim – tarbiya berish bilan bir qatorda nafosat tarbiyasini berib kelganlar. Ayniqsa, ma`naviy-ma`rifiy ishlarni olib borishda katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda.

Musiqa fakultetida -  ikkita kafedra “Vokal va xor ijrochiligi”, “Musiqa ijrochiligi” kafedralari  faoliyat ko`rsatgan.

2005 -yildan Musiqa fakulteti va pedagogika fakultetlari birlashtirilib, Pedagogika fakulteti deb yuritila boshlandi. Musiqa  kafedrasi pedagogika fakulteti tarkibidagi kafedralardan biriga aylantirildi.                                                        

Kafedrada hozirgi kunda  PFN, dosent, katta o`qituvchilar, o`qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Yo`nalishda 181 nafar talabalar taxsil olmoqdalar.  O`tgan yillar mobaynida ilmiy va ilmiy uslubiy ishlar , ma`naviy-ma`rifiy ishlar, o`quv tarbiyaviy ishlar amalga oshirildi. Kafedrani pfn, dosent  G`.M.Najmetdinov va katta o`qituvchi Sh.A.Turdiev ko`p yillar mobaynida mudir sifatida faoliyat ko`rsatib boshqarib kelganlar.

 Kafedra o`z faxriylariga ega. Jumladan, kafedrada ko`p yillar faoliyat ko`rsatib nafaqaga chiqqan professor D.G`ofurov , O`zbekiston Respublikasi “Xalq Ta`limi a`lochisi” nishondori F.Zilyaeva, o`qituvchilar M.Ibragimova, A.Nuriddinovlar xaqiqiy ma`nodagi faxriylarimizga aylanishgan. O`tgan yillar mobaynida yo`nalishda taxsil olgan 2 nafar talaba qizlarimiz Salohitdinova Dinora va Mirzajonova Nargiza Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibalari bo`lishgan. Kafedra o`qituvchilari Respublika va halqaro miqyosdagi  ilmiy anjumanlarda muntazam ishtirok etib keladi.

Kafedramiz a`zolari tomonidan  umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun darsliklar, musiqa madaniyati darslarini zamon talablari asosida tashkil etish uchun uslubiy qo`llanmalar  va ko`plab maqolalar nashr ettirildi. Eng quvonarlisi, talabalar bilan hamkorlikda nashr ettirilgan ilmiy ishlar diqqatga sazovordir. Shu yo`sinda iqtidorli talabalar bilan ishlashga alohida e`tibor qaratilmoqda.

 Yo`nalishimizda tashkil etilayotgan ishlarimizning 70-80 % ma`naviy-ma`rifiy, tarbiyaviy ishlar tarkibiga kiradi. Fakultet, institut, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi ko`plab ma`naviy-ma`rifiy, musiqiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelamiz. Kafedra qoshida turli to`garaklar tashkil etilgan bo`lib , ushbu to`garaklar talabalarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlarida  o`z hissalarini qo`shmoqdalar. “Talantlarni izlaymiz”, “Yagonasan , muqaddas Vatan” kabi ko`plab Respublika miqyosidagi tanlovlarda talabalar va professor-o’qituvchilarimiz muvaffaqqiyatli ishtirok etib kelmoqdalar. Kelajakda kafedra faoliyatini yanada rivojlantirish va kengaytirish rejalashtirilgan.

Kafedra  pedagogik – xodimlar   jamoasi    oldiga  zamonaviy   axborot – texnologiyalari , zamonaviy innovasion pedagogik texnologiyalar  asosida  ta`lim va tarbiya bera oluvchi yosh mutaxassis pedagog kadrlar (BAKALAVR) tayyorlash,  o`quv – uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish asosiy vazifa sifatida belgilangan. Oxirgi yillarda kafedra a`zolari tomonidan Respublikamizda va chet ellarda  ko`plab ilmiy, ilmiy – uslubiy maqolalar, tezislar nashr ettirildi.  Ushbu nashr ettirilgan ishlarning barchasi musiqa ta`limi va uni yanada rivojlantirishga yo`naltirilgan ishlardir.

Kafedra professor-o‘qituvchilari

Turdiyev Shavkat Axmedovich Katta o`qituvchi
Madaminov Nasimjon Xoljo‘raevich Katta o`qituvchi
Qobilova E’zozxon Bakirovna Katta o`qituvchi
Nosirov Dilmurod Tursinovich Katta o`qituvchi
Djumaboeva Muqaddas Shavkatovna O`qituvchi