Kafedralar

Defektologiya

Kafedra mudiri

Maxmudova Madinaxon Sobirxonovna

Kafedra mudiri


Qabul vaqti: Dushanba(14:00 dan 15:00 gacha), Chorshanba(14:00 dan 15:00 gacha), Juma(14:00 dan 15:00 gacha)
Telefon: +998911512727
Elektron pochta:

Defektologiya kafedrasi 2006 yilda tashkil topgan bo‘lib, unga Mamasoli Tolipov mudirlik qilgan. 2010- 2013 yillarda kafedrani A.Qo‘ziyev boshqargan. 2013-2014 o‘quv yilida M.Hamidov mudirlik qilgan. Bugungi kunda kafedraga  M.Maxmudova   mudirlik qilib kelmoqda. Kafedrada Maxsus pedagogika, Defektologiyaning klinik asoslari, Logopediya, Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar diagnostikasi, Matematika o‘qitish metodikasi, Ona tili o‘qitish metodikasi,  Daktilologiya va talaffuz malakalarini shakllantirish metodikasi, Tasviriy san’at va qo‘l mehnatini o‘qitish maxsus metodikasi, Oligofrenopedagogika, Maktabgacha logopediya va Maktabgacha surdopedagogika fanlari o‘qitilmoqda.

5111900 – Defektologiya ta’lim yo‘nalishiga 2006-2012 yilga qadar 1 tadan guruh 2012-2015 o‘quv yilida 2 tadan guruh 2016 yildan e’tiboran 3 tadan guruh talabalari  qabul qilinmoqda. Hozirda kafedrada 14  nafar o‘qituvchi bo‘lib, 8 nafari asosiy shtatada, 6 nafari o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 33% ni tashkil etadi.

Defektologiya yo‘nalishiga 2018-2019 o‘quv yilidin boshlab har bir mutaxassislik bo‘yicha “Surdopedagogika, Logopediya va Oligofrenopedagogika” yo‘nalishlari  bo‘yicha   talabalar  qabul qilindi. Boshqiriston Davlat Pedagogika Universtituti bilan hamkorlikda logopediya yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma fakulütet tashkil etilmoqda  va qo‘shma fakultet bo‘yicha tayyorlov kurslari tashkil etilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari