Kafedralar

Mehnat talimi

Kafedra mudiri

Bo`taev Tohtasin

Kafedra mudiri


Qabul vaqti: Chorshanba(14:00 16:00 gacha), Dushanba(14:00 16:00 gacha), Juma(14:00 16:00 gacha), Payshanba(14:00 16:00 gacha), Seshanba(14:00 16:00 gacha)
Telefon: +998916560457
Elektron pochta: btuxtasin_57@mail.ru

KAFEDRA  O`TMISHDA

1991 yil 2 sentyabrdan e`tiboran fizika kafedrasi tarkibida mehnat ta`limi yo`nalishining o`tmishdoshi bo`lgan umumtexnika fanlari va mehnat ixtisosligi bo`yicha birinchi talabalar o`qiy boshladi. O`sha paytda talabalarga ikkita o`qituvchi mashg`ulot olib borgan.

1994 yil 18 fevralda institut rektorining 20-O` buyrug`iga asosan Umumtexnika fanlari kafedrasi tashkil etildi va kafedra mudiri etib pedagogika fanlari nomzodi, katta o`qituvchi I.Karimov tayinlandi. O`sha paytda kafedra tarkibida 6 nafar o`qituvchi, 2 ta texnik xodim ishlagan edi.

O`tgan yillar davomida kafedra o`qituvchilari umumtexika fanlari va fizika, umumtexnika fanlari va informatika, umumtexnika fanlari va iqtisodiy bilim asoslari, kasbiy ta`lim kabi yo`nalishlar bo`yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlab berdilar. 2006 yildan boshlab mehnat ta`limi yo`nalishi bo`yicha bakalavr mutaxassis o`qituvchilar tayyorlab kelinmoqda. 2015 yildan boshlab kafedra nomi ham Mehnat ta`limi kafedrasi deb atab kelinmoqda. Ayni davrda kafedrada asosiy shtatda 11 ta professor-o`qituvchi bo`lib, ulardan 2 kishi fan nomzodi, dosent, 4 kishi katta o`qituvchi va 5 kishi o`qituvchi lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Bulardan tashqari o`rindoshlik asosida 2 ta fan nomzodi, dosent ham faoliyat olib bormoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 24 foizni tashkil etadi.

O`tgan yillar davomida kafedrani quyidagilar boshqarib kelishdi:

1994-2004 yillar pedagogika fanlari nomzodi, dosent I.I.Karimov.

2004-2008 yillar texnika fanlari nomzodi, dosent F.B.Badriddinov.

2008-2009 yillar pedagogika fanlari nomzodi B.Olimov.

2009-2011 yillar pedagogika fanlari nomzodi, dosent I.Karimov.

2011-2013 yillar fizika-matematika fanlari nomzodi, dosent A.Husanov

2013-2016 yillar pedagogika fanlari nomzodi, dosent I.Karimov.

Kafedrada TDPU, FarDU, FarPI, ADU, NamDU, SamDU, Farg`ona viloyati XTXQTMOI bilan hamkorlik o`rnatilgan.

Kafedrada ilmiy-uslubiy ishlar yo`lga qo`yilgan bo`lib, asosiy yo`nalish sifatida ta`lim sohasiga talabalar va o`quvchilarning ijodkorlik faoliyatini uyg`unlashgan texnologiyalarini qo`llash mavzusi olingan. Kafedra professor-o`qituvchilari yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish, samarali o`qitish usullarini joriy etish mavzularida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borganlar hamda kafedra a`zolari xalqaro, respublika va institut miqyosida o`tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyalarda maqola va tezislari bilan qatnashib kelmoqdalar.  Bundan tashqari kafedraning barcha professor-o`qituvchilari o`rnatilgan tartibda malaka oshirish kurslarida ta`lim olib kelishmoqda.

Kafedrada olib borilayotgan fanlar bo`yicha o`quv-uslubiy majmuaning elektron varianti tayyorlandi, elektron variant institutning axborot-resurs markaziga hamda kafedraning barcha kompyuterlariga joylashtirilgan.                          

KAFEDRA BUGUNGI KUNDA

2015 yil fevral oyidan kafedra nomi QDPI rektori buyrug`iga asosan Mehnat ta`limi kafedrasi deb nomlandi.     

Kafedrani 2016 yil sentyabr oyidan texnika fanlari nomzodi, dosent  T.Bo`taev boshqarib kelmoqda. Kafedra bakalavriatning Mehnat ta`limi ta`lim yo`nalishida,  nazariy-amaliy mashg`ulotlar olib boradi.

Hozirgi kunda kafedraning asosiy shtatida 11 nafar pedagoglar bo`lib, ulardan 2 nafari dosent, 4 nafari katta-o`qituvchi va 5 nafari o`qituvchi lavozimlarida faoliyat olib borishadi.  SHuningdek, 2 nafar dosent va 4 nafar o`qituvchilar o`rindoshlik asosida dars mashg`ulotlari olib boradi.

Kafedrada o`qitilayotgan fanlar bo`yicha barcha ma`lumotlar ZiyoNET tarmog`iga kiritilgan  va kiritilganlarni yangilash vazifasi kafedra pedagoglari oldiga vazifa qilib qo`yilgan va rejasi tuzilgan. Institut axborot resurs markaziga kafedra tomonidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmualar, ma`ruza matnlari, uslubiy qo`llanma va ishlanmalar taqdim etilgan. Ular talabalar tomonidan foydalaniladi. O`quv zalida kompyuterlar bilan jixozlangan va ularda elektron darsliklar joylashtirilgan.

Kafedrada ilmiy-uslubiy seminarlar o`tkazish bo`yicha har o`quv yilida  reja asosida ish olib borilmoqda. Kafedraning ilmiy-uslubiy seminarlarida uslubiy ko`rsatmalar, ilmiy maqolalar, yangi pedagogik texnologiyalarni o`rganish va ta`lim jarayonida qo`llash masalalari ko`rib chiqmoqda va bular o`z samarasini bermoqda.

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash rejasi mavjud bo`lib, ularga alohida e`tibor qaratilgan. Har bir fan o`qituvchisiga iqtidorli talabalar biriktirilgan  bo`lib, ularga ilmiy maqolalar va uslubiy ko`rsatmalar yozishda amaliy yordam ko`rsatilmoqda.

KAFEDRA ISTIQBOLI

YAngi 2017-2018 o`quv yilida umumiy o`rta ta`lim maktablarida mehnat ta`limi darslari texnologiya darslari deb almashtirilishi belgilangan. SHuning uchun kelgusida mehnat ta`limi yo`nalishi kelajakda  Tadbirkorlik va servis asoslari deb yuritilishi ko`zda tutilmoqda.

Kafedrada ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo`yicha 2014-2020 yillarga mo`ljallangan istiqbolli reja qabul qilingan. Har bir professor-o`qituvchi o`z ilmiy rejalariga muvofiq izlanishlar olib bormoqda. Kafedra pedagoglari doktorlik dissertasiyalari ustida faol ish olib bormoqdalar. Kafedra uatta o`qituvchilari R.Siddiqov va X.Raxmonovlar doktorlik dissertasiya ishilari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Ularning dissertasiyalarini ochiq himoyasi 2018-2019 yillarga rejalashtirilgan.

Kafedra rejasiga asosan kafedra ilmiy salohiyatini oshirish chora tadbirlari ko`rilmoqda.

Kafedra a`zolari ilmiy sohada yangi axborot va pedagogik texnologiyalarga asoslanib ilmiy tadqiqotlarni olib borishni, kompyuter texnologiyalarini tadqiq qilishni, tajriba-sinov ishlarni o`tkazishni va ulardan olingan ma`lumotlarni  matematik hisoblash ishlarni, shuningdek,  ilmiy ishlar olib borish, pedagogik faoliyat  ko`rsatishga  layoqatni sinovdan o`tkazish va ilmiy izlanuvchi sifatida doktorlik dissertasiyasini himoya qilishdan avvalgi imtihonlarni  tapshirish hamda zaruriy xujjatlarni tayyorlash ishlarini amalga oshiradilar.

Kafedrada xo`jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish rejalashtirmoqda. Kafedra professor-o`qituvchilari o`rta ta`lim muassalari va kasb-hunar kollejlariga o`quv-uslubiy qo`llanmalar va ko`rsatmalar bilan ta`minlashdafaollik ko`rsatmoqdalar. Hozirda kafedra ishlab chiqarish korhonalari bilan ham xamkorlik ishlarini olib borishni rejalashtirmoqda. Masalan Qo`qon mexanika zavodi  bilan tuzilgan shartnoma bunga misolbo`la oladi.

Kafedra mas`ul ta`lim yo`nalishi:

1.     5112100 Mehnat ta`limi

Kafedrada o`qitiladigan fanlar ro`yxati:

1.     Texnik mexanika

2.     Xalq hunarmandchiligi

3.     Gidravlika va issiqlik texnikasi

4.     Uy-ro`zg`or asoslari

5.     Elektrotexnika, radiotexnika va elektronika

6.     Materialshunoslik

7.     Metrologiya, standartlash va sertifikasiya

8.     Materiallarni kesib ishlash, asboblar va stanoklar.

9.     Mexanizasiyalash, avtomatlashtirish va robototexnika asoslari.

10.Mehnat ta`lim praktikumi

11.Texnik ijodkorlik va dizayn

12.Texnologiya va dizayn

13.Servis xizmati

14.Qishloq xo`jaligi asoslari

15.To`garak ishlarini tashkil etish

16.Maxsus materialshunoslik, tikuv.jixozlari

17.Texnik ijodkorlik va dizayn

18.Mexnat ta`limini o`qitish innovasion pedagogika texnologiyalari

19.Materiallar qarshiligi

20.Ozik-ovkat tovarshunosligi, ovqat tayyorlash jarayonlari