Fizika matematika

Fakultet ma`muriyati

Xonboboyev Xakimjon Ikromjonovich

Dekan


Qabul vaqti: Xar kuni (15:00-17:00)
Telefon: (0 373) 542-53-77
Elektron pochta: nboboyev@umail.uz
  Fizika - matematika fakultetiga 1931 yilda matematika fani o`qituvchilarini tayyorlash guruxi sifatida asos solingan. 1939 yil sentyabr oyidan institut kunduzgi ikki yillik o`qituvchilar institutiga aylantirilgandan so`ng alohida fizika matematika fakulteti tashkil etilib, unga A.I.Xaritonov birinchi dekan etib tayinlangan. Ulug`vatan urushi yillari va undan keyingi davrda fizika matematika fakulteti dekani vazifasida M.Muxammedov ishlagan.
2016 yil sentyabrdan X. Xonboboyev fizika matematika fakultetida dekanlik lavozimida ishlab kelmoqda. Fakultetda 5110100 matematika o`qitish metodikasi, 5110200 fizika va astronomiya o`qitish metodikasi, 5110700 informatika o`qitish metodikasi ta`lim yo`nalishlari mavjud bo`lib, jami 945 nafar talabalar taxsil olmoqdalar. Ulardan 334 nafari grant, 611 nafari to`lov-shartnoma asosida, 243 nafari o`g`il, 702 nafari qizlarni tashkil etadi. Fakultet qoshida Matematika o`qitish metodikasi, Informatika o`qitish metodikasi, Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi kafedralari mavjud bo`lib, bu kafedralarda 73 nafar pedagog xodimlar pedagoglik faoliyati bilan shug`ullanib yoshlarga   ta`lim tarbiya bermoqdalar. Ulardan 1 nafari fan doktori, 13 nafari fan nomzodi, dosentlar, 11 nafari katta o`qituvchilar hamda 48 nafar o`qituvchilardir. O`quv jarayoni va o`quv-uslubiy faoliyatni modernizasiyalash xamda innovasion ta`lim texnologiyalarini joriy etish maqsadida fakultetdagi barcha ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklar o`quv rejalarida ko`zda tutilgan barcha fanlar bo`yicha o`quv-uslubiy majmualar yaratilib modul tizimiga joylashtirilgan hamda elektron ta`lim tizimi joriy etilgan. Barcha kafedralar qoshida axborot-kommunikasiya texnologiyalari bilan jixozlangan o`quv xonalar tashkil etilgan va bu xonalarda professor-o`qituvchilar tomonidan yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo`llab mashg`ulotlar o`tkazilishi yo`lga qo`yilgan. Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlariga alohida e`tibor berilganligi natijasida har o`quv yilida talabalar Navoiy nomli Davlat stipendiyalari sohiblari bo`lmoqdalar.

Fakultet kafedralari