O`zbek tili va adabiyoti
Fakultet ma`muriyati
Kobilova Zeboxon Bakirovna
Dekan

O`zbek tili va adabiyoti fakulteti Qo`qon davlat pedagogika institutining nufuzli va o`z an’analariga ega fakultetlaridan biri hisoblanadi. Dastlabki tarix-filologiya mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlash 1954-yil Qo`qon xotin-qizlar instituti pedagogika institutiga aylantirilgach boshlandi. Shu davrdan boshlab o`qitish kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida amalga oshirilgan. 1967-yildan esa tarix-geografiya mutaxassisligi bo`yicha ta’lim tarbiya ishlari olib borilgan.
1991-yildan tarix, inson va jamiyat o`qituvchisi mutaxasisligi bo`yicha kunduzgi ta’limga talabalar qabul qilingan. 1993-1998-yillarda tarix, inson va jamiyat qo`shimcha iqtisodiy bilim va tadbirkorlik asoslari o`qituvchisi mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlangan. 1994-1999-yillarda tarix, inson va jamiyat hamda huquq o`qituvchisi mutaxassislari tayyorlangan. 1998-yildan boshlab O`zbek tili va adabiyoti fakulteti tarkibidan Tarix fakulteti ajralib chiqib aloxida fakultet sifatida faoliyat yuritmoqda.
Hozir fakultetda 5111200 -«O`zbek tili va adabiyoti » bakalavr yo`nalishlari bo`yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
Fakultet tarkibida «O`zbek tilshunosligi», «O`zbek adabiyoti» kafedralari mavjud.
Fakultet tasarrufida 1 ta bakalavr va 1 ta magistratura mutaxassisligi mavjud:
5111200 – O`zbek tili va adabiyoti
5A111201-O`zbek tili va adabiyoti
Fakultetda 405 nafardan ortiq bakalavr talabalari taxsil oladi. Ulardan 4 nafari “Navoiy” nomidagi Davlat stipendialari soxibalari, 2 nafari Respublika fan olimpiadalari g`oliblari bo`lgan.