Tarix

Fakultet ma`muriyati

Temirboyev Mashrab Karimovich

Dekan


Qabul vaqti:
Telefon: (+99891) 6862150
Elektron pochta: kspi@mail.ru

        Tarix fakulteti Qo’qon davlat pedagogika institutining nufuzli va o’z an’analariga ega fakultetlaridan biri hisoblanadi. Dastlabki tarix-filologiya mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlash 1954 yil Qo’qon Xotin-qizlar instituti pedagogika institutiga aylantirilgach boshlandi. Shu davrdan boshlab o’qitish kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida amalga oshirilgan. 1967 yildan esa tarix-geografiya mutaxassisligi bo’yicha ta’lim tarbiya ishlari olib borilgan. 1991 yildan tarix, inson va jamiyat o’qituvchisi mutaxassisligi bo’yicha kunduzgi ta’limga talabalar qabul qilingan. 1993-1998 yillarda tarix, inson va jamiyat qo’shimcha iqtisodiy bilim va tadbirkorlik asoslari o’qituvchisi mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlangan. 1994-1999 yillarda tarix, inson va jamiyat hamda huquq o’qituvchisi mutaxassislari tayyorlangan. 1998 yildan boshlab Tarix fakulteti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti tarkibidan ajralib chiqib alohida fakultet sifatida faoliyat yuritmoqda.

        Hozir fakultetda 5110600-«Tarix ī‘qitish metodikasi» va 5111600-«Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi» bakalavr yo’nalishlari bī‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Fakultetda «Tarix ī‘qitish metodikasi», «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi», «Ijtimoiy fanlar» kafedralari mavjud.

      Talabalarning zarur bilim sohibi bī‘la olishlari uchun fakultetda barcha sharoitlar yaratilgan. Darslarning barchasi ozoda va yorug‘, ta’mirlangan hamda jihozlangan xonalarda olib boriladi. Magistrlar uchun ham alohida auditoriyalar mavjud. Ular bilan ī‘z sohasining yetuk, bilimdon, yuksak malakali ustozlari – fan doktorlari, professorlar mashg‘ulot olib boradilar.

    2017 yildan boshlab fakultet dekani sifatida tarix fanlari nomzodi, dotsent M.Temirboyev faoliyat kī‘rsatib kelmoqda.

     Darslar faqat fakultetning ī‘zidagina olib borilmasdan, balki talabalarni amaliyotga yanada yaqinlashtirishni kī‘zda tutgan holda, Qo’qon shahrida joylashgan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarda, shuningdek, Qo’qon o’lkashunoslik muzeyida olib boriladi.

     Fakul’tet talabalari akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida pedagogik amaliyot o’taydilar. Har yili fakul’tet talabalarining Ona Vatanimizning qadimiy: Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi shaharlarning diqqatga sazovor bī‘lgan tarixiy joylariga ekskursiyalari tashkil etilmoqda.

Fakultet kafedralari