Pedagogika

Fakultet ma`muriyati

Erkaboyeva Nigoraxon Shermatovna

Dekan


Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00)
Telefon: +99891-204-57-84
Elektron pochta:

Abdurashidov Adxamjon Abduxamidovich

Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari


Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (15:00-17:00)
Telefon: +99894-490-68-14
Elektron pochta:

Sotvoldiyev Elmurodjon Abdumannonovich

O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari


Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (14:00-16:00)
Telefon:
Elektron pochta:

Sultanov Sherzod Elmuratovich

O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari


Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (15:00-17:00)
Telefon: +99891-152-10-35
Elektron pochta:

Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti tarkibida pedagogika fakulteti “Maktabgacha tarbiya guruhi” sifatida 1935 yildan o`z faoliyatini boshlagan. O`sha davrda fakultetning 1-kursiga 20 nafar talaba qabul qilingan bo`lib, maktabgacha ta’lim muassasalariga oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlab berish bo`yicha Farg`ona vodiysida yagona, respublikada ikkinchi ilm dargohi hisoblangan.

Fakultet tarixida O.Muhammadjonov, Z.A.Kalonxo`jayeva, B.Ibragimov, N.Yoqubov, M.M.Hoshimova, O`.Toshtemirov, L.Zohidov, R.Hoshimov, S.To`ychiyev, S.Obidjonova, N. Erkaboyeva, G`. Najmiddinov kabi professor-o`qituvchilarning xizmatlari katta bo`lgan.

Pedagogika fakulteti 1998- yilda boshlang`ich ta’lim metodikasi va pedagogika psixologiya fakultetlari negizida kengaytirildi. 2005-yil sentyabr oyida musiqiy ta’lim yo`nalishi ham pedagogika fakulteti tarkibiga qo`shildi. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2015 yil 28 fevraldagi 52-sonli buyrugiga ko`ra fakultet tarkibiy tuzilmasiga o`zgartirishlar kiritildi. Unda boshlangich ta’lim metodikasi yo`nalishi va maktabgacha ta’lim yo`nalishlari alohida fakultet qilib ajratilgan. 2015 yil mart oyida Mehnat ta’limi va Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi ta’lim yo`nalishi ham pedagogika fakulteti tarkibiga qo`shildi.

Fakultetga 1998-2005 yillarda N.Erkaboyeva, 2005-2008 yillarda dotsent I.P.Po`latov dekanlik qilgan.  Ayni paytda fakultetni p.f.d., N.Erkaboyeva boshqarib kelmoqda. Fakultetda 5 ta ta’lim yo`nalishida 1100 nafar talaba tahsil olmoqda.

Xozirgi paytda Pedagogika fakultetida quyidagi kafedralar faoliyat ko`rsatmoqda:

5110800-Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi

5111900-Defektologiya

5112100-Mehnat ta’limi

5140800 - Pedagogika - psixologiya

5141000 - Musiqiy ta’lim yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda.

Fakultet kafedralari