Jismoniy madaniyat

Fakultet ma`muriyati

Maxkamov Akmal Yuldashevich

Dekan


Qabul vaqti:
Telefon: +998903447979
Elektron pochta: maxkamov164@umail.uz

         

           Muqimiy nomidagi  Qo`qon davlat pedagogika instituti fakultetlari ichida Jismoniy madaniyat  fakulteti  o`zining  alohida o`rni hamda  o`z tarixiga  egadir.  Jismoniy madaniyat fakulteti  1961 yilda  institut qoshida  Jismoniy tarbiya bo`limi  bo`lib ochilgan va shu yili 1-kursiga talabalarni qabul qilish  ommaviy sport ishlarini  rivojlantirish tarixida muhim voqea  bo`lib esda qolgan.  Ushbu  xolat  kafedra asosida  tashkil etilgan. Uning mudirligiga  dosent  S.A.Ushakov  tayinlangan. 

1970 yilda  yuqoridagi  kafedra  mustaqil holatda  jismoniy tarbiya fakulteti  deb  tan olindi va tashkil etildi. Shu yillardan boshlab  jismoniy  tarbiya fakulteti  tashkil topildi deb hissoblangan. Ushbu fakultetga   dekan etib  Z.S. Xolmesskaya  tayinlangan.  Bundan  keyingi  yillar davomida  A.S.Xayimov ushbu lavozimni bajarib kelgan.  1974 -1976 yillarda M.A.Qalandarov, 1976-1989 yillarda  PFN dosent O`.T.Tursunov, 1989-1998 yillarda  PFN dosent  A.A.Tolibjonov, 1998 - 2014 yillarda PFN dosent R.M.Rasulov fakultetda  o`quv jarayonlarini  takomillashtirish va institutda  ommaviy sport ishlarini kuchaytirishga  va uning  moddiy  texnik  bazasini  munosib mustaxkamlashga katta xissa qo`shganlar.  Mazkur fakultetni  2014 yil  avgust oyidan boshlab dosent A.Yu.Mahkamov  boshqarib kelmoqda.  Jismoniy madaniyat fakultetida  2 ta kafedra  faoliyat olib kelmoqda. Ular Jismoniy madaniyat va fakul`tetlar aro jismoniy madaniyat kafedrasi bo`lib,kafedralarda 40 dan ortiq professor-o`qituvchilar  ish faoliyatini  olib bormoqdalar.

Jismoniy madaniyat fakulteti professor-o`qituvchilari hamda talabalari tomonidan olib borilayotgan o`quv xamda  sport mashg`ulotlari jarayonida erishayotgan  yutuqlari  bugungi kundagi jismoniy tarbiya  hamda sport sohasidagi  xukumatimiz tomonidan  chiqarilayotgan  qaror, qonun, farmonlarning  ijrosini ta`minlash  hamda undan  oqilona foydalanish  natijasida  ko`plab yutuqlarga erishib kelmoqdalar.  Yurtimizda tashkil etilgan  uch bosqichli  sport musobaqalari  bunda ``Universiada`` musobaqalariga fakultet talaba sportchilari muntazam holatda  ushbu musobaqa  tashkil topgandan boshlab  sportchi talabalar  faol ishtirok etib kelmoqdalar. Universiada musobaqalari  jarayonida  sportchi talabalar  o`zlarining  belgilangan sport turlari bo`yicha  faxrli o`rinlarni egallab  viloyat sha`nini himoya qilib kelmoqdalar. Birgina  2016 yil  ``Universiada 2016`` sport musobaqalariga  Farg`ona viloyati mezbonlik qilib, umumjamoa  xisobida  faxrli ikkinchi o`rinni  qo`lga kiritishlari  bugungi kunda  viloyatimizda  aynan institutimiz qoshida  jismoniy tarbiya va sport sohasidagi  erishilayotgan  yutuqlar hisoblanadi. Ushbu musobaqada fakultetimiz talabalaridan sportning boks turi bo`yicha  F.Meliboev, Z.Toxirov, A.Qo`chqorov, K.Mardonov, B.Meliqo`ziev,  sportning yengil atletika turi bo`yicha  D.Saydaliev  qisqa masofalarga yugurish bo`yicha, X.Axmadaliev o`rta masofa va estafeta bo`yicha, sporining dzyu-do turi bo`yicha E.Isakov, X.Olimov,  X.Qudratov, sportning tennis turi bo`yicha  S.Saidxo`jaeva, yakkalik hamda juftlik baxslarida, yunon rim kurashi bo`yicha  B.Nurmatov, sport o`yinlari turlari bo`yicha  ya`ni qo`l to`pi sport turi bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi  a`zolari  M. Mutalipov, F.Adalimov, M.Valiev, D.Isaqov, O.Burxonjonov, J.Sharipov, X. Axmadalievlar, qizlar jamoasidan esa F.Yusupova, D.Mamadalieva, D.Xasanova, A. Sattorova, M.Ibragimova, F.Asqarova, G. Abdusattorovalar universiada musobaqalarida  o`zlarining faol ishtiroklari bilan  viloyat terma jamoasi  safida jonbozlik  xamda yuqori natijalarni ko`rsatdilar.  Ushbu universiada musobaqalariga  tashkilotchi hamda uni boshqarish uchun  fakultet o`qituvchi murabbiylar shtabi xam  faol  ishtiroki bilan  yuqori natijalarga  erishishga  o`z xissalarini qo`shdilar. Bulardan  fakultet dekani A.Maxkamov, kafedra mudirlari Z.Raxmankulov, T.Xamraqulov, murabbiylardan  qo`l to`pi bo`yicha murabbiy B.Deqonov, sportning boks turi bo`yicha  xalqaro toifadagi  xakam, xizmat ko`rsatgan murabbiy Q.Tojiboevlar  rahbarligida  ushbu universida sport musobaqalarida  ko`plab  medallar, universiada sertifikatlari va estalik sovg`alar bilan taqdirlanishgan.  Hozirgi kunda  jismoniy madaniyat fakultetida  ko`plab  yuqori natijalarga  ega bo`lgan  sportchilar  taxsil olishgan hamda taxsil olmoqdalar. Bularga misol tariqasida  sportning boks turi bo`yicha  81 kilogramda  Jahon chempioni  Sharipov Oybek  2016  o`quv  yilida fakultetni  tamomlagan bo`lib,  bu sportchi  O`zbekiston Respublikasi  birinchi Prezidenti I.A.Karimov  Qo`qon shahriga  tashrif buyurishganlarida  ushbu talaba bilan  suxbatlashgan holatda  ushbu talabaga  kelgusi  sport ishlarida  ulkan muvoffaqiyatlar va omadlar tilagan xolatda  yurtimizda ishlab chiqarilgan  matiz rusumli avtomashinani   prezident sovg`asi sifatida   topshirilishi bu bizning institutimiz  va fakulteimiz  faxri xisoblanadi.  Bundan tashqari  fakultetning  2016  yil yakunlagan Raxmonov O`ktamjon ham  sportning boks turi bo`yicha  yuqori natijalar ko`rsatgan  sportchi xisoblanib, u London Olimpiadasida o`z vazn toifasida kumush medal soxibi, iqtidorli sportchi  va hozirgi kunda esa boksning  professional klublar a`zosi  va yu?ori reyting  sohibi. O`ktamjon Raxmonov institutni tamomlagach  o`z boks  klubini shakllantirib yurtimiz yoshlariga  boks sirlarini  o`rganishlari uchun  yaxshi murabbiy sifatida faoliyatini olib bormoqda.

         

Fakultet kafedralari