Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim

Fakultet ma`muriyati

Maqsudov Muzaffar Saminjonovich

Dekan


Qabul vaqti:
Telefon: +998911500545
Elektron pochta: Muzaffar_Maksudov@mail.ru

          Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat  pedagogika instituti maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti institut rektorining 2015 yil 25 martdagi “Institutning yangi tarkibiy tuzilmasini tasdiqlash buyrug`iga qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi ¹ 126-U sonli buyrug`i bilan tashkil etilgan.

          Fakultet dekani:  Maqsudov Muzaffar Saminjonovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.

         O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari:     Xudoyberganov Nodirjon Shokirovich, katta o`qituvchi

         Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha dekan o`rinbosari:   Marayimov Alisher Ahmedovich, katta   o`qituvchi

         Fakultetda 2 ta ta`lim yo`nalishi mavjud:

1.  5111700 – “Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish”

2.  5111800 – “Maktabgacha ta`lim”

          Maktabgacha ta`lim yo`nalishi 2009 yilda Vazirlar Maxkamasi qoshidagi DTM Attestatsiya boshqarmasining komissiyasi qaroriga asosan yopilgan edi. Ushbu ta`lim yo`nalishining oxirgi bitiruvchilari 2015-2016 o`quv yilida namomladilar. 2016-2017 o`quv yilidan maktabgacha ta`lim yo`nalishi qaytadan ochilib, uning o`zbek guruxiga 28 nafar, rus guruxiga esa 13 nafar (hozirgi kunda 11 nafari o`qimoqda), jami 41 nafar talabalar 1 kursga qabul qilindilar (hozirgi kunda 39 nafari tahsil olmoqdalar).  

        Fakultet tasarrufida quyidagi 3 ta kafedra faoliyat yuritadi:

1. Boshlang`ich ta`lim metodkasi kafedrasi (kafedra mudiri f.f.n., dots. Isaqov Zokirjon Soliyevich)

2. Maktabgacha ta`lim  kafedrasi (kafedra mudiri p.f.n., dots. Muxammedieva Sayyora Rinatovna)

3. Umumiy pedagogika-psixologiya kafedrasi (kafedra mudiri, p.f.n., dots. Umarova Muqaddas Muxtarovna)

           Fakultetdagi mavjud 13 ta guruhlarda tahsil olayotgan talabalar soni hozirgi kunda (2017 yilning 16 mart holatiga) 318 nafarni tashkil etadi. Shulardan 297 nafari qizlar,  21 nafari o`g`il bolalar bo`lib, ularnig 97 nafari Davlat granti asosida va 221 nafari Pulli-shartnoma asosida o`qimoqdalar. .

          Fakultetda o`quv jarayoni me`yoriy talablar asosida  tashkil etilgan bo`lib, darslarda talabalarning davomati o`rtacha 95 % ni tashkil qiladi.

         Fakultet pedagog xodimlari darslarda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo`llab, dars samaradorligini oshirishga hissa qo`shmoqdalar. Fakultetda iqtidorli o`qituvchilar va talabalarning ta`limdagi  tashabbuskorligini oshirish maqsadida “Boshlang`ich ta`lim markazi” tashkil etilgan. Markaz rahbari etib BTM kafedrasi dotsenyi, filologiya fanlari nomzodi A.To`raxo`jaeva tayinlangan. Markazning asosiy vazifasi pedagog xodimlar va talabalardan olingan yangi g`oyalarni ta`limga joriy etish va uni ommalashtirishdir.

         Fakultet jamoasi o`z faoliyatlarini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi, Farg`ona viloyati hamda Qo`qon shahar hokimliklari tomonidan yuborilgan buyruqlar, qarorlar, modemnomalar, shuningdek, institut rektorining buyruq va korsatmalari asosida yo`lga qo`ygan.

          O`zbekiston Respublikasi  Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining  2012 yil 30 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining  2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarini o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ – 1875-sonli qarori ijrosini ta`minlash to`g`risida”gi 512-sonli buyrug`ida belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida fakultet va uning tasarrufidagi kafedralarda  bir qator ishlar olib borilmoqda. Mazkur masala bo`yicha kafedralarda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo`lib, uning ijrosi ta`minlanib kelinyapti.

          Fakultetda oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2013 yil 10 sentyabrdagi 231-sonli buyrug`i asosida tasdiqlangan  “Oliy ta`lim tizimiga axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish konsepsiyasi” asosida pedagog xodimlar va talabalarning  axborot kommunikatsion texnologiyalarni o`rganish sohasidagi bilim, malakalarini oshirish bo`yicha  ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

         Fakultetda 2016-2017 o`quv yili davomida o`tkaziladigan ma`naviy-ma`rifiy, sport va boshqa bir qator tadbirlar jarayonida quyidagi vazifalar majmuasi ma`naviy-ma`rifiy tarbiya uchun asos qilib belgilangan:

         1. Talaba-yoshlarga kasbiy bilimlar berish bilan cheklanib qolmasdan, ularning ma`naviy dunyoqarashini kengaytiruvchi, milliy va umuminsoniy  qadriyatlar bilan oshno etuvchi, shaxsiy sifatlarni qaror toptiruvchi tadbirlarni amalga oshirish.

        2. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov  asarlarida, nutq va maqolalarida barkamol avlod konsepsiyasini, uning ma`naviy-ma`rifiy jihatlariga e`tibor masalasini batafsil tushuntirish.

        3.   Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyatini targ`ib qilish, xususan, xalq ta`limi tizimidagi yangiliklarni tezkor tarzda etkazish.

       4. Talaba-yoshlar orasida siyosiy hushyorlikni oshirish, ogohlik, tinchlik, hamjihatlik kabi g`oyalarni keng targ`ib qilish.

       5.  Milliy istiqlol g`oyalarini targ`ib qilish, mustaqilligimiz mohiyatini, uning istiqboli va yaratilgan imkoniyatlarni  talaba-yoshlar qalbiga chuqur singdirish.

       6.  Talaba-yoshlar o`rtasida sportning ahamiyatini tushuntirish, sog`lomlashtiruvchi tadbirlar salmog`ini oshirish, sog`lom turmush tarzi falsafasini hayotiy ehtiyoj darajasiga ko`tarish.

       7. Yurtimiz va jahonda ro`y berayotgan voqea-hodisalar to`g`risidagi axborotlar talqinini ob`ektiv shaklda to`g`ri etkazish, siyosiy madaniyatni qaror toptirish.

       8.  Akademik guruhlarda sog`lom ma`naviy-muhitni shakllantirish, talaba-yoshlarni madaniy merosimiz, urf-odatlarimizga  nisbatan e`tiqodini oshirish.

       9.   Bo`lajak mutaxassis shaxsida insonparvarlik, hamjihatlik va hamkorlik fazilatlarini qaror toptirish.

Fakultet kafedralari