SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA
Institut haqida

Qo'qon davlat pedagogika instituti 90 yoshda!
Muqimiy nomidagi Qo'qon davlat pedagogika instituti 1931-yil yanvar oyida kechki pedagogika oliy bilimgohi sifatida pedagogika texnikumi binosida o'z faoliyatini boshlagan. O'zbekiston Xalq Maorif Komissarligining 1938-yildagi 866-son buyrug'i bilan Qo'qon kechki pedagogika oliy bilimgohi kechki o'qituvchilar institutiga aylantirilgan. O'zbekiston Xalq Maorif Komissarligining 1938-yil 27-noyabrdagi buyrug'i bilan institut qoshida sirtqi konsultatsiya punkti ochildi. 1939-1940 o'quv yilidan boshlab kunduzgi Davlat o'qituvchilar institutiga aylantirilgan. 1943- yildan Xotin-qiz o'qituvchilar instituti, 1954-yildan Xotin-qizlar Davlat pedagogika institutiga aylantirilgan. 1943-yil oktyabr oyida institutga shoir Muqimiy nomi berilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentyabrdagi PQ-3289-son qarori asosida Qo'qon davlat pedagogika instituti O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi. O'tgan davr mobaynida Qo'qon davlat pedagogika instituti kichik bir ta'lim maskanidan yirik oliy ta'lim muassasasigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. Institut tashkil topgan vaqtda u uch bo'limdan iborat bo'lib, ularda hammasi bo'lib 60 nafar talaba tahsil olgan bo'lsa, hozirda 11 ta fakultet, 30 ga yaqin kafedra mavjud. Institutda 24 ta bakalavriat ta'lim yo'nalishlari mavjud bo'lib, bakalavriat ta'lim yo'nalishlarida 12317 nafar, 4 ta bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlari asosida jami 126 nafar (kunduzgi shaklda), 14 ta magistratura mutaxassisliklari bo'yicha 266 nafar va umumiy jami 12709 nafar talabalar tahsil olib kelmoqda. Bugungi kunda Qo'qon davlat pedagogika instituti zamonaviy pedagogik kadrlarni tayyorlovchi respublikamizdagi yirik pedagogika muassasalaridan biri hisoblanadi. Institut o'zining zamonaviy moddiy-texnika bazasiga ega bo'lib, 269 ta o'quv xonalari, bugungi kun talablari bilan jihozlangan 21 ta o'quv labaratoriya xonalari, bitta stadion, 4 ta basketbol va voleybol maydonlari, 3 ta yopiq sport zali, zamonaviy ARM (umumiy kitob fondi 70377 nomda 265274 nusxani tashkil qiladi), fakultetlarda tashkil etilgan kompyuter xonalarida mavjud bo'lgan 396 ta kompyuterlar, 3 ta binodan iborat barcha qulayliklarga ega bo'lgan talabalar turar-joylari, 250 o'rinli oshxona talabalarga xizmat ko'rsatmoqda.

...
Qo`qon davlat pedagogika instituti

Muqimiy nomidagi Qo'qon davlat pedagogika instituti 1931-yil yanvar oyida kechki pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. Institut 1939-1940 o'quv yilidan boshlab kunduzgi davlat o'qituvchilar institutiga aylantirilgan.

Biz bilan bog'laning :

  • : +998785421143
  • : Qo'qon shaxri, Turon ko'chasi, 23-uy
  • : kspi_info@edu.uz
  • Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

    Codemy © Barcha huquqlarni himoyalagan