Skip to content

Bugun Qo‘qon davlat pedagogika institutining Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan Temiryo‘lchilar madaniyat saroyida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining fakultetlar o‘rtasida “Rektor Kubogi” musobaqasiga start berildi.

Talabalarning yorqin va mohirona tayyorlangan chiqishlari ishtirokchilar hamda tomoshabinlarning gulduros qarsaklari ostida boshlandi.

Tanlovning “A” tarkibidagi joy olgan quyidagi jamoalar final yo‘llanmasi uchun o‘zaro bellashdi:

1. Milliy hunarmadchilik va amaliy san’at fakultetining – “Syurpriz” jamoasi

2. Rus tili va adabiyoti fakultetining – “Yangi avlod” jamoasi

3. Maktabgacha ta’lim fakultetining – “Bog‘cha akalar” jamoasi

4. Xorijiy tillar fakultetining – “Megapolis” jamoasi

Tomoshabinlar yuqori kayfiyatda o‘tgan tanlov jarayoni davomida o‘z fakultetlaridan qatnashayotgan jamoani faol qo‘llab-quvvatlab turishdi.

Jamoalar quyidagi 3ta shart bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini namoyish etdi.

1- Tanishtiruv sharti.
2- Savol-javob sharti.
3- Musiqiy chiqish sharti.

Tomoshabinlarning qarsak sadolaridan ham jamoalar qay darajada tayyorgarlik ko‘rganini bilishimiz mumkin.

Har bir shart bo‘yicha natijalar hakamlar hay’ati tomonidan e’lon qilib borildi.

Yuqori darajada va a’lo kayfiyatda o‘tgan tanlovning “A” tarkibda ishtirok etgan jamoalarining umumiy natijalari:

1. “Syurpriz” jamoasi – 15 ball
2. “Yangi avlod” jamoasi – 14,4 ball
3.”Bog‘cha akalar” jamoasi – 15,5 ball
4.”Megapolis” jamoasi – 14,8 ball

Ta’kidlash joizki, bugungi “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bilan bir qatorda, ko‘plab do‘stlar orttirish va tajriba almashish imkonini ham berdi.