Skip to content

Navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Joriy yilning 4-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘kazilgan oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 24-noyabr 10:00da Furqat bog’ida bo‘sh ish o’rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Yarmarkada Qo’qon davlat pedagogika institutining to‘rtinchi va uchinchi bosqich talabalari ishtirok etib, o‘z mutaxassisliklariga mos bo‘sh o‘rinlar bilan tanishdilar. Ish beruvchilar bilan shu joyning o‘zida kelishuv bitimlari imzolandi.

Shuningdek, mazkur yarmarkada, institutning Kadrlar bo‘limi mutaxassisi Kimyoxon Komilova, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Dilafruz Mahkamova hamda bosh mutaxassis Xidirov Ikromjonlar institutda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.