Skip to content

Bugun viloyat hokimligi kichik majlislar zalida videokonferensaloqa shaklida Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova ishtirokida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish kabi ustuvor masalalarga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yilga belgilangan vazifalar kun tartibidan o‘rin oldi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ko‘rsatib o‘tilganidek, insonga e’tibor va sifatli ta’lim tizimini rivojlantirishda hamkor tashkilotlarning ishtiroki va o‘rni juda muhimligi aytib o‘tildi. Yakunda oldinda turgan chora-tadbirlar kelishib olindi.