Skip to content
Bugungi kunda har bir davlatning, jamiyatning rivojlanishini ilm-fan, texnika taraqqiyotisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun mamlakatimizda bu borada eng to‘g‘ri yo‘l tanlandi — ilm-fan, texnikani rivojlantirishga, yetuk kadrlar tayyorlashga, olimlar faoliyatini rag‘batlantirishga, alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlardan ruhlangan Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya va iqtisodiy bilimlar kafedrasi o‘qutivchisi Ozodaxon Qo‘ziboyeva 2022 yil Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengash yig‘ilishida «Junubiy Farg‘ona landshaftlarining iqlim va yer osti suvlari bilan o‘zaro ta’siri hamda ularning geoekologik tahlili» mavzusida doktorlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.


Bugun Ozodaxon Qo‘ziboyeva uchun yana bir unutilmas kun. Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori Dilnoza Xodjayeva tomonidan olimaga harajatlari institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplangan Umra safari uchun yo‘llanma sovg‘a qilindi. Shuningdek, Ozoda Qo‘ziboyeva byudjet mablag‘lari hisobidan 10.000.000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida institut rektori tomonidan Ozoda Qo‘ziboyevaga ilm-fan taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot va yoshlarga ta’lim berishda ko‘rsatgan fidoyiligi uchun minnatdorchilik bildirildi.