Skip to content

Xabar berganimizdek, 23-yanvar dushanba kunidan barcha oliy o‘quv yurtlarida dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanmoqda.

Ayni paytda Qo‘qon davlat pedagogika instituti ishchi guruhi talabalarning nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ni topshirishlariga qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rmoqda.

O‘quv jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish va talabalarni ko‘tarinki ruhda kutib olish, jarayonni yuqori saviyada boshlash hamda sifatli tashkil etish, talabalarni turar joy bilan ta’minlanishida ayniqsa, tyutorlar mas’uliyatini oshirish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan bir qator ko‘rsatmalar berildi.

O‘quv va laboratoriya xonalari, talabalar turar joyi, oshxona, ma’naviyat xonalari talabalarni qabul qilishga shay ekanligi ko‘zdan kechirildi. Qonun talablarida belgilanganidek, havo harorati 16º C dan past bo‘lgan o‘quv xonalaridan mashg‘ulotlar o‘tkazishda foydalanmaslik, talabalarga qulaylik yaratish, ularni so‘g‘ligini asrash maqsadida yaqin hududda joylashgan barcha talablarga javob beradigan shinam va issiq xonalarda oraliq, yakuniy nazorat ishlarini tashkil etish choralari ko‘rilmoqda.

Jarayonga oid barcha o‘zgarishlar haqida talabalar tyutorlar orqali habardor qilinadi.