Skip to content

Navoiy shahri 26-30 yanvar kunlari talabalar o‘rtasida nufuzli musobaqa – “Universiada — 2022” sport musobaqalarida dzyudo bahslarining final bosqichiga mezbonlik qiladi. Ertaga Farg‘ona viloyati terma jamoasi Navoiyga jo‘nab ketadi.

Yigitlar va qizlar o‘rtasida o‘tadigan final o‘yinlarida viloyatimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar QDPI talabalari hisoblanadi. Xabaringiz bor, talabalarimiz noyabr oyida Fargʻona shahrida viloyat OTMlari talabalari o‘rtasida o‘tgan saralash bosqichida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Navoiy tatamilarida medallar uchun 4 nafar talabamiz bahs olib boradi.

Yigitlar:
-60 kg: Yusupov Sobirxo’ja.
-81 kg: Adhamov Bilol.
-90 kg: Ro’ziqulov Islomxon.

Qizlar:
-52 kg: Olimjonova Gulnoza.

Murabbiy Mo’ydinov Iqboljon.
Jamoa rahbari Gofurov Zokir.