Navro‘z bayramini ko‘tarinki ruhda kutib olish maqsadida Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida milliy musiqa tadbiri o‘tkaziladi.
Milliy hunarmandchilik va amaliy san’at fakul’teti qoshidagi “Ohangrabo” maqomchilar ansamblining nomoddiy madaniy merosimiz durdonalaridan tuzilgan konsert dasturi onlayn tomoshabinlarga xush kayfiyat bag‘ishlaydi degan umiddamiz.
Ushbu konsert dasturi institutning YouTube kanali orqali 16-mart kuni soat 10:00 da onlayn efirga uzatiladi.