Ayni paytda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Bahorgi tijoratlashtirish” forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tadbirda Qo‘qon davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Nurbek Jo‘rayev boshchiligida institutning bir guruh olimlari ishtirok etmoqda.
Forum davomida olimlarimiz tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy-innovatsion ishlanmalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sh. Turdiqulova tomonidan yuqori baholandi.
Aytish mumkinki, forum oliy ta’lim muassasalarida ilmiy va innovatsion faoliyatda ro‘y berayotgan yangiliklar bilan yaqindan tanishish, tajriba almashish va birgalikda sohaga doir muammolar yechimini topish, ilm-fan va innovasiyalar, shuningdek, tijoratlashtirish orqali o‘z-o‘zini boshqarishda duch kelayotgan muammolarni birgalikda hal qilish, ilm-fan, innovatsiya hamda tijoratlashtirish bo‘yicha tajriba almashishda muhim rol o‘ynaydi.