Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” shiori ostida Navro‘z bayrami tantanalari bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbirida xalqimizning tarixi, madaniyati, urf-odat va an’analarini aks ettirgan talaba-hunarmandlar, chevarlar milliy liboslarimizni namoyish etdi. Yig‘ilganlar iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan bayram konsert dasturini tomosha qildi.
Bayram tadbiri davomida kuylangan milliy xalq laparlari, qo‘shiqlari, xalq termalari, folklor kuy-qo‘shiqlar barchaga birdek manzur bo‘ldi.
Bir soʻz bilan aytganda Navro‘z, yoshlik va barkamollikning naqadar uyg‘unligi bayram tadbiri ishtirokchilarining ko‘z o‘ngida gavdalandi.