Skip to content

Qutlug‘ bayramlar, yaxshi kunlar arafasida atrof-muhitning ozoda va sarishtaligini ta’minlash xalqimizga xos bo‘lgan ezgu an’analardan biridir.

18-mart kuni Qo‘qon davlat pedagogika institutida ham ixtiyoriylik va o‘zaro uyushqoqlik asosida hashar o‘tkazildi. Institutning 200 nafarga yaqin ishchi-xodimlari ishtirokida 4 gektar yer maydonida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 61 ta mevali va manzarali daraxtlar ekildi, 4 mingdan ortiq daraxt va butalarga shakl berildi, oqlandi. 8 tonnaga yaqin maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib tashlanib, 2 kilometrdan ziyod ariq va lotoklar tozalanadi.

O‘tkazilgan mazkur hashar QDPI xodimlarini yana bir bor o‘zaro uyushqoqlik va hamjihatlikka asoslangan jamoa sifatida namoyon etganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

 

crackthunder.com

fullwarezcracks.com

techiedownloads.com

usecrack.com

imagerocket.net

techbytecode.com

pspdev.org

takwin.info