Yoshlar dunyoqarashini kengaytirish va ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabalariga Qo‘qon shahar musiqali drama teatrida rejissiyor Xo‘jamberdi Egamberdiyev tomonidan O‘tkir Hoshimovning “To‘ylar muborak” asari asosida sahnalashtirilgan komediya namoyish etildi.
Ushbu spektakl talabalarning ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, estetik tarbiyasini kuchaytirish, ularning madaniyat va san’atning turli sohalariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga qaratilganligi bilan yanada ahamiyatli bo‘ldi.
Komediya janridagi spektaklning havola etilishi, yoshlarga haqiqiy kulgu zavqini ulashdi.