Qoʻqon davlat pedagogika instituti oʻqituvchilarining Belarusning Yanko Kupala nomidagi Grodno davlat universitetida malaka oshirish kurslari qizgʻin davom davom etmoqda.
Kurslar davomida vakillarimiz “Oʻqitishning innovatsion usullari va texnologiyalari” moduli mavzulari bilan tanishdilar. Faol taʼlim usullarini qoʻllash boʻyicha oʻzaro tajribalarini oʻrtoqlashib, kattalar va bolalar uchun oʻquv kurslarini ishlab chiqish va oʻtkazish texnologiyasi xususida fikr almashdilar. Oʻqituvchilarimiz “Zamonaviy oʻqituvchi qiyofasi” onlayn davra suhbatida trening davomida tanishgan evristik dialog texnologiyasi vositasida sinovdan oʻtkazildilar.