Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi tomonidan Qo‘qon davlat pedagogika institutida sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Qayd etish joiz, institutda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi sayyor sud majlisida ishtirok etgan talaba-yoshlar olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash bilan birga huquqbuzarlik va uni oqibatlarini bevosita kuzatib, qonunchilikdagi insonparvarlik tamoyillariga ham guvoh bo‘ldilar.