Skip to content

Qadrli Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabalari!

Barchangizni 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

Talabalik umrning beg‘ubor fasli, katta hayot sari qadam qo‘yish ostonasi, ulkan orzu-umidlar davri ekanligini his qilgan holda yangi maqsadlar sari harakat qilishingizga tilakdoshman.

Institutimizda 16 mingdan ziyod talabalar tahsil olishmoqda. Shuni faxr va iftixor bilan aytmoqchimanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lgan talabalarimiz soni o‘tgan o‘quv yilida 10 nafarni, Respublika olimpiadalarda va nufuzli tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan va mukofotlarga sazovor bo‘lgan talabalar soni esa 38 nafarni tashkil etdi.

Aziz talabalar!

Barchangizni talabalar kuni bilan yana bir bor qutlab, sihat-salomatlik, yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilayman. Ilm yo‘lida chekkan mashaqqatlaringizning yuksak natijalarini ko‘rish va yetuk salohiyatli kadr bo‘lishingizga tilakdoshman. Hozirgacha qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlaringizni yangi yutuqlar bilan boyitib, barcha sohalarda doimo peshqadamlar safida borishingizga ishonaman.

Dilnoza Xodjayeva, Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori