Bugun shahrimizdagi “Allomalar muzeyida” Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Turon Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi, Qo‘qon davlat pedagogika instituti Milliy hunarmandchilik va amaliy san’at fakulteti hamda Magistratura bo‘limi hamkorligida “O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida tasviriy san’at va muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishdagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda madaniy-ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda institut prorektori N. Jo‘rayev, Turon FA Prezidenti, tfd., professor H. Bobobekov, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi I. Valixo‘jayev, fakultet dekani B. Umrzaqov, Magistratura bo‘limi boshlig’i O. Bozorov, magistrlar, talabalar va ko‘plab soha vakillari ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida ishtirokchilar Yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida badiiy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari, tasviriy va amaliy san’atda innovatsiyalar, oliy ta’limda tasviriy san’at fanlarini fanlarini o‘qitishdagi asosiy muammolari kabi masalalarni muhokama qildilar.
Institut dotsenti, pfn., Turon FA akademigi, O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, xalq maorifi a’lochisi Alijon Turdaliyevning 70 yilligi munosabati bilan “Ustoz va shogirdlar” nomli ko‘rgazma bilan davom ettirilgan konferensiyada Alijon Turdaliyev, shogirdlari hamda institut professor-o‘qituvchilari, magistrantlarining, shuningdek, O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, dotsent Botirali Barotboyev, hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Mahmudjon Rahmonberdiyevlarning ijodiy ishlari namoyish etildi.