Skip to content

QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA HAFTANING PAYSHANBA KUNI “AVTOMOBILSIZ KUN” ETIB BELGILANMOQDA

Avtomobillarning ekologiyaga zararli chiqindi gazlari ta’sirini kamaytirish, professor-o‘qituvchilar orasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish maqsadida Qo‘qon davlat pedagogika institutida haftaning payshanba kuni “Avtomobilsiz kun” etib belgilanmoqda.

Bunda, institutning rahbar xodimlari jamoat transportida ish joyiga kelishi orqali barchaga namuna ko‘rsatib boradi.

Qo‘qon davlat pedagogika instituti barcha professor-o‘qituvchilar va xodimlardan shu kuni shaxsiy avtomashinalar o‘rniga atmosferaga kamroq zarar yetkazuvchi, salomatlik uchun foydaliroq transport vositalarida — velosiped va jamoat transportida harakatlanishni, piyoda yurishni so‘raydi.