Skip to content

HAFTANING PAYSHANBA KUNI “SPORT KUNI” ETIB BELGILANDI

Qo‘qon davlat pedagogika institutida sportning ommaviyligini yanada ta’minlash, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali har bir xodimda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo‘lishiga erishish, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish maqsadida haftaning har payshanba kuni “Sport kuni” sifatida belgilandi.

Bu kunda professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi, suzish turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shu kuni barcha xodimlar ish joyida sport kiyimida bo‘lishiga ruxsat etiladi.