Skip to content

“UCH AVLOD UCHRASHUVI” OʻTKAZILDI

Tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan “Uch avlod uchrashuvlari” Qo‘qon davlat pedagogika institutida an’anaga aylangan.

Bugun talabalar DXX chegara qo‘shishlari faxriysi, iste’fodagi podpolkovnik Abdumalik Uzoqov, DXX chegara qo‘shinlari faxriysi, iste’fodagi mayor Hayotjon Azizov, DXX chegara qo‘shinlari harbiysi Jahongir Sotimboyev, DXX chegara qo‘shinlari faxriysi, “Sharq” operativ qo‘mondonligi faxriylar bilan ishlash mutaxassisi Bahromjon Tojiboyevlar bilan uchrashdilar.

O‘zaro suhbat va muloqotda mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlarga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani ta’kidlandi.

Yoshi ulug‘ faxriylarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida samimiy fikrlarini bildirdi. El-yurt ravnaqi yo‘lida mamlakatimiz rahbariga yaqin ko‘makchi, kamarbasta bo‘lish lozimligi uch avlod o‘rtasida kechgan samimiy suhbatlar bosh mavzusiga aylandi.

Tashrif davomida mehmonlar institut IT-Park binosi, talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish asnosida kechgan muloqotlar barcha ishtirokchilar, ayniqsa, talaba-yoshlar xotirasida o‘chmas iz qoldirdi.