Skip to content

OLIMA AYOL – JAMIYAT KO‘ZGUSI

11-fevral “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Qo‘qon davlat pedagogika instituti xotin-qizlar kengashi tomonidan “Olima ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy  tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda professorlar N. Erkaboyeva, D. Jamoliddinova, M. Aminova, Z. Boytemirova, M. Rasulovalar so‘z olib, mamlakatimizda, xususan, institutda xotin-qizlarga yaratilayotgan sharoitlar, so‘nggi yillarda ilm-fan va innovatsiya sohasida faol ishtirok etayotgan, yangi ixtiro va startap loyihalari bilan jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘lgan ayollar faoliyati haqida to‘xtaldilar. Jamiyatda tobora mustahkam o‘rin egallab borayotgan ayollarning ilm-fan sohasida ham o‘z o‘rniga ega bo‘lishlari lozimligini ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbir yakunida talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.