Skip to content

QO‘QON SHAHRIDAGI HARBIY QISMGA SAFAR UYUSHTIRILDI

Maktabgacha ta’lim fakultetida talabalarga vatanparvarlik tuyg‘usini singdirish, zamonamiz qahramonlarining mashaqqatli mehnati va kasb mahorati, hayotiy tajribalarini yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona viloyati boshqarmasiga qarashli Qo‘qon shahridagi harbiy qismga safar uyushtirildi.

Tadbir davomida, yoshlarning Milliy gvardiya faoliyati bilan tanishishlari uchun harbiy qism bo‘ylab sayohat tashkil etilib, qurol-yarog‘lar hamda harbiy texnikalar namoyish etildi. Shuningdek, talabalar tizim faoliyati, tayyorgarlik maydoni bilan yaqindan tanishib, harbiy soha xodimlarining hayoti va sohada erishilayotgan yutuqlari zamiridagi mashaqqatli mehnati haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.