Skip to content

Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabalar turar joyi.

Qo‘qon davlat pedagogika institutida umumiy sig‘imi 1860 nafar talabalarga mo‘ljallangan 4 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, ularning sig‘imi quyidagicha:

1-TTJ – 530 nafar;
2-TTJ – 531 nafar;
3-TTJ – 700 nafar;
4-TTJ – 112nafar.

Talabalar turar joyiga ariza berish va joylashish tizimi raqamlashtirildi. Bugun raqamlashtirish tufayli barcha sohalarda ochiqlik va shaffoflikka erishilmoqda. Yangi o‘quv yilidan boshlab QDPI talabalarni talabalar turar joylariga joylashtirish tizimi to‘liq raqamlashtirilgan holda amaliyotga joriy qilinmoqda. Endi talabalar turar joy uchun zarur hujjatlarni onlayn tartibda, uydan chiqmagan holda http://app.kspi.uz havolasi orqali orqali topshirishlari mumkin. Raqamlashtirilgan ushbu tizimining afzalliklari juda ko‘p. Avvalo, vaqt va mablag‘ tejaladi. Ish samaradorligi ortadi. Ovoragarchiliklarga chek qo‘yiladi. Bu, o‘z navbatida, talabalarga xizmat ko‘rsatish jarayonida inson omilini keskin kamaytirib, uzoq yillar davomida tizim shaffofligiga salbiy ta’sir etib kelgan byurokratiya, qog‘ozbozlik hamda korrupsiyaning sezilarli darajada kamayishini ta’minlaydi. Shu bilan birga bu boradagi ishlarni doimiy monitoringini olib borish ham mumkin bo‘ladi.