Marketing va talabalar amalyoti bo’limi
Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig’i
Mahkamova Dilafruz Aliyevna
Telegram: @maxkamovadilafruz
Mahkamova Dilafruz Aliyevnaning biografiyasi
2001-2005 yy. — Qo‘qon davlat pedagogika instituti marketing xizmati bo‘limi inspektori
2005-2007 yy. — Farg‘ona davlat universiteti magistranti
2007-2014 yy. — Qo‘qon davlat pedagogika instituti marketing xizmati bo‘limi katta inspektori
2014-2016 yy. — Qo‘qon davlat pedagogika instituti buxgalteriya bo‘limida buxgalter
2016-2021 yy. — Qo‘qon davlat pedagogika instituti reja va moliya bo‘limi boshlig‘i
2021 — y. — h.v. — Qo‘qon davlat pedagogika instituti marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i
Qoʻqon davlat pedagogika instituti Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi qaror va farmonlari, harakatdagi Mehnat Kodeksi va amaldagi qonunchilik va ta’lim sohasidagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ish ko‘radi.
Qoʻqon davlat pedagogika instituti Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi:
- Qoʻqon davlat pedagogika institutida tayyorlangan oliy malakali kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini o‘rganish asosida ma’lumotlar bankini shakllantirish;
- Ta’lim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish, yosh mutaxassislarga bo‘lgan talab ko‘rsatkichlari asosida bitiruvchi bakalavr va magistrlar uchun real “buyurtmalar portefeli”ni shakllantirish;
- Oliy ta’lim muassasasining bitiruvchilarni ishga taqsimlash bo‘yicha komissiyasini tashkil etish va yakuniy taqsimotni o‘tkazib, uning natijalari bo‘yicha bitiruvchilar shaxsiy taqsimot qaydnomasini tuzish hamda umumlashtirish;
- Taqsimot komissiyasi tomonidan ishga taqsimlangan yosh mutaxassislardan tushgan arizalarini ko‘rib chiqish va yechim qabul qilish, zarur va asoslangan hollarda qayta taqsimlash yoki mustaqilishga joylashish jarayonini amalga oshirish uchun oliy ta’lim muassasasi komissiyasiga murojaat etish;
- Joriy yilda va o‘tgan yillar davomida ishga joylashgan yosh mutaxassislar bilan qayta aloqalar o‘rnatish, zaruriy hollarda ularga amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatish, maslahatlar berish hamda mehnat faoliyati natijalarini umumlashtirish;
- Yangi o‘quv yili qabul rejasining bajarilishi (davlat grantlari va to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul rejasi, tushgan arizalar, konkurs, qabul qilingan talabalar soni, ularning kurslar, ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha taqsimlanishi, o‘qitish tillari va h.k.) haqida ma’lumotlar bankini yaratish;
- Yangi o‘quv yilida davlat grantlari asosida qabul qilingan talabalar bilan oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘qishni tugatgandan so‘ng ishga taqsimlangan joyida 3 yil ishlab berishi to‘g‘risida shartnomalar tuzish;
- Iste’molchilarni raqobatbardosh mutaxassislar bilan ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli va yillik shartnomalar tuzish;
- Bitiruvchini ishga taqsimlashda iste’molchilar va mutaxassislik kafedralarining yosh mutaxassis to‘g‘risidagi tavsiya va takliflarini mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda e’tiborga olinishiga erishish;
- Taqsimot komissiyasi tomonidan ishga taqsimlangan yosh mutaxassislardan tushgan arizalarini ko‘rib chiqish va yechim qabul qilish, zarur va asoslangan hollarda qayta taqsimlash yoki mustaqilishga joylashish jarayonini amalga oshirish uchun oliy ta’lim muassasasi komissiyasiga murojaat etish;
- Ish beruvchilar (iste’molchilar)ga ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, radio-televidenie, elektron aloqa, veb-sayt) orqali bitiruvchilar to‘g‘risida (viloyatlar bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar kesimida) ma’lumotlar e’lon qilish;
- Kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlar va bitiruvchilarni yakuniy ishga taqsimlash natijalari haqidagi ma’lumotlarni taalluqli vazirlik (idora)ning maxsus komissiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga axborotlar taqdim etish;
- Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning imkoniyatlari va ustunliklarini namoyish qilish maqsadida oliy ta’lim muassasasining respublika, mintaqaviy va xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalarda ishtirok etishini ta’minlash.
- Taqsimot komissiyasi tomonidan ishga taqsimlangan yosh mutaxassislardan tushgan arizalarini ko‘rib chiqish va yechim qabul qilish, zarur va asoslangan hollarda qayta taqsimlash yoki mustaqilishga joylashish jarayonini amalga oshirish uchun oliy ta’lim muassasasi komissiyasiga murojaat etish.
- Talabalar amaliyotini tashkil etish boʻyicha mutaxassis chiqaruvchi kafedra mudirlari bilan birgalikda korxona, muassasa va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish hamda shartnomalar imzolash.
- Talabalar amaliyotini taʼlim yoʻnalishi va mutaxassislikka mos korxona, muassasa va tashkilotlarda tashkil etilishini taʼminlash.
- Talabalar amaliyotini korxona, muassasa va tashkilotlarda tashkil etish jarayonlarini oʻrganish, oʻrganish natijalarini tahlil qilish hamda muammo va takliflarni ishlab chiqib oliy taʼlim muassasasi rahbariyatiga taqdim etib borish.
- Talabalar amaliyotini tashkil etish boʻyicha ilgʻor xorijiy va milliy tajribalarni oʻrganish hamda uni tatbiq etish yuzasidan takliflar tayyorlash.
- Talabalar amaliyotini tashkil etilish yuzasidan tahliliy maʼlumotlar tayyorlash.