Skip to content

Magistratura bo’limi

Magistratura bo’limi boshlig’i

Bazarov Otabek odilovich

Tel: +998909741765

MAGISTRATURA BO‘LIMINING TARIXI

Qo‘qon davlat pedagogika institutining magistratura mutaxassisligiga 2003-2004 o‘quv yilida ilk marotaba matematika o‘qitish metodikasi (5A140101), fizika o‘qitish metodikasi (5A140201) va o‘zbek tili va adabiyoti (5A141201) mutaxassisliklar bo‘yicha magistrantlar qabul qilingan.

Mutaxassisliklarning ko‘lamining kengayganligi va magistrantlarni soni ortganligi inobatga olinib, 2008 yil institut rektori buyrig‘iga asosan magistratura bo‘limi tashkil etilgan.

Bo‘limni turli yillarda qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi I.Yusupov, pedagogika fanlari nomzodi S. Muhammadiyeva, falsafa fanlari nomzodi M. Temirboyev, tarix fanlari nomzodi B.Aminov, 2019-yildan hozirgi kungacha tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori O.Bozorov boshqarib kelmoqda.

MAGISTRATURA BO‘LIMI FAOLIYATI

Hozirgi kunda Qo‘qon davlat pedagogika institutida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrantlar tayyorlanmoqda:

  1. 5A110101-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika);
  2. 5A110201-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya);
  3. 5A110301-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo);
  4. 5A110601-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix);
  5. 5A110701-Ta’limda axborot texnologiyalari;
  6. 5A111201-O‘zbek tili va adabiyoti;
  7. 5A111401-Xorijiy til va adabiyoti;
  8. 5A111701-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim);
  9. 5A111801-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim);
  10. 5A110903-Ta’lim muassasalarining boshqaruvi;
  11. 5A111301-Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti).
  12. 5A110802-Muhandislik grafigasi va dizayn nazariyasi.
  13. 5A110901-Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha)
  14. 5A111901-Maxsus pedagogika, defektologiya: logopediya

 

2021-2022 o‘quv yilida quyidagi mutaxassisliklarni ochilish rejalashtirilgan:

 

5A110401-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya);

5A110902-Pedagogika va psixologiya.

 

Hozirgi vaqtda Qo‘qon davlat pedagogika institutida 266 nafar magistrantlarga 60 dan ortiq  professor, fan doktori, fan nomzodi va  dosentlar o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishmoqda. Shuningdek, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish maqsadida respublikamizning ko‘zga ko‘ringan nufuzli oliy o‘quv yurtlarining malakali mutaxassislarini jalb etgan holda turli dolzarb mavzularda o‘quv seminarlari, muammoli ma’ruzalar, master-klasslar tashkil etilmoqda.

Magistrlar tayyorlashda ta’lim jarayoni bilan ilmiy-tadqiqot ishlari va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integrasiya jarayonini rivojlantirish maqsadida ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etilmoqda. Xususan, har yili may oyida an’anaviy tarzda respublika miqyosida “Ilm-fan muammolari magistrantlar talqinida” nomli ilmiy-amaliy  konferensiya o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, 2021 yil 10 iyunda tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiyada Qo‘qon davlat pedagogika instituti magistrantlaridan tashqari respublikamizning 13 ta, jumladan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Urganch davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Namangan davlat universiteti, Andijon davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona politexnika universiteti, Qo‘qon universiteti, Termiz davlat universiteti,  Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Guliston davlat universitetining ilmiy tadqiqotchilari va magistrantlari ishtirok etdilar. Shuningdek, magistrantlar tomonidan tayyorlangan ilmiy maqola va tezislar nufuzli xalqaro jurnallar va konferensiyalarda chop etilmoqda.

Darslar har tomonlama qulay jihozlangan auditoriyalarida tashkil etilmoqda. Ayniqsa, kimyo va fizika mutaxassisliklari maxsus jihozlangan labarotoriya xonalarida o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormoqdalar.

Magistrantlar  o‘quv jarayonidan bo‘sh vaqtlarida turli xorijiy tillarni o‘rganib bormoqdalar. Ular tomonidan  CYeFR va IYeLTS kabi turli xil til sertifikatlari qo‘lga kiritilib kelinmoqda. Shuningdek, magistrantlar uslubiy sohalarda ham samarali faoliyat olib bormoqdalar. Jumladan, 2-bosqich magistranti To‘ychiyeva Zulfiyaxon tomonidan 20 dan ortiq boshlang‘ich sinf maktab o‘qituvchilariga mo‘ljallangan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashrdan chiqarilgan.

Bitiruvchi kurs magistrantlari ilmiy amaliyot (stajirovka) jarayonlarini o‘zaro shartnomalar asosida respublikaning nufuzli oliygohlari va tadqiqot muassasasalari, jumladan,  Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Farg‘ona davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Qo‘qon universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika univyersiteti, O‘zRFA Namangan filiallarida amalga oshirib kelmoqdalar.

Magistratura bo‘lim rejasiga binoan o‘quv yili davomida turli ma’naviy-ma’rifiy va hayriya tadbirlari tashkil etilib, magistrantlarning bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tkazilib kelinmoqda.

Magistratura bo‘limi qoshida ilmiy-uslubiy seminar tashkil etilgan bo‘lib, mutaxassislik kafedralarining professor-o‘qituvchilari tomonidan magistrantlarga ilmiy tadqiqot olib borish bo‘yicha seminarlar tashkil etib borilmoqda.