Skip to content

Tarix kafedirasi

 

Tarix kafedirasi mudiri

Nuriddinov Turdali Qamabarovich

Tarix fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Tel:+99891-153-48-26

Institutda psixologiya kafedrasi pedagogika kafedrasi bilan birgalikda 1945 yil fevral oyida ish boshlagan. 1980 yilda mustaqil psixologiya va mustaqil pedagogika kafedrasi tashkil etildi, dastlabki davrda psixologiya kafedrasiga Z.Kuliev, R.F.Ratner, O.M.Muxammedjanov, O.O.Omonov, N.Yoqubov, B.E.Ortiqovlar, pedagogika kafedrasiga  R.F.Ratner, N.Yoqubov, M.Sanginova, O.M.Muxammedjanov, R. Mo`ydinovlar rahbarlik qilishdi.

1985 yildan psixologiya kafedrasini psixologiya fanlari nomzodi, dotsent M.E.Zufarova boshqarib kelgan. Kafedrada ko`p yillar davomida yuqori darajali pedagog–olimlar faoliyatlarini ko`rsatib borishgan. Bulardan psixologiya fani bo`yicha ilmiy darajali ustozlarimiz S.Obidjonova, V.G.Gorobets, M.T.Quchqorov, Z.Yu.Yoqubovalar.

1989 yildan boshlab umumiy pedagogika kafedrasiga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent R.Ashurov rahbarlik qilgan. M.Sanginova, O.Muxammedjanov, R.Xoshimov, X.Xoliqovalar kafedrada ko`p yillar davomida yuqori darajali pedagog–olimlik faoliyatlarini olib borishgan.

Mustaqillik yillarida olib borilgan isloxatlar natijasida mustaqil kafedralarning birgalikdagi faoliyatlari yo`lga qo`yildi. Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan kafedraga dastlab pedagogika fanlari nomzodi, dotsentlar M.Tolipov, R.Abduqodirov so`ngra psixologiya fanlari nomzodi M.M.Umarova 2004-2013 yilgacha,so’ngra 2015 yil martdan 2018 yil martgacha rahbarlik qilishgan.

2018 yil fevraldan hozirgi kunga qadar kafedrani pedagogika fanlari nomzodi X.Ustadjalilova boshqarmoqda.  Bugungi kunda kafedrada 22 nafar professor-o`qituvchilar faoliyat ko`rsatmoqda.  Ulardan  1 nafari fan nomzodi, 1 nafari dotsent, 2 nafari dotsent vazifasini bajaruvchi,  4 nafari katta o`qituvchi va 14 nafari o`qituvchilardir.

Kafedra maktabgacha va boshlangich talim fakulteti negizida faoliyat yuritib kelgan.

Muqimiy nomidagi Qoqon davlat pedagogika instituti rektorining 2019 yil 12 oktabr kungi 800-U-sonli buyrugiga asosan kafedra Pedagogika fakulteti tarkibida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kundakafedrani falsafa fanlari doktori (PhD) Z.Xolmatova boshqarib kelmoqda.  Bugungi kunda kafedrada 24 nafar professor-oqituvchilar faoliyat korsatmoqda. Ulardan 1 nafari fan nomzodi, dotsent,  1 nafari falsafa fanlari doktori (PhD),  5 nafari katta oqituvchi va 17 nafari oqituvchilardir. Yosh oqituvchilardan F.Raximova, I.Mamayusupovalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Kafedraning barcha azolari ilmiy-uslubiy ishlar ishlar bilan shugullanib, oquv-uslubiy qollanmalar yaratishmoqda. Jumladan, 2018-2019 oquv yillari davomida S.S.Isomitdinov tomonidan “Defektologiya asoslari”, A.Ziyayev va M.Meliqoziyevalar ozaro hamkorlikda “Talim jarayonida interfaol usullardan foydalanish” kabilar.

Fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedraidasida kafedraning pedagog-xodimlari tomonidan bakalavriat talim yonalishining 2-3-bosqichlarida “Umumiy pedagogika”, bakalavriat talim yonalishining 1-3-bosqichlarida “Umumiy psixologiya” fanlari o`qitiladi.

Bu davrda marhum ustozlar S.Isammitdinov,M.Sirojiddinovalar faol mehnat qildilar. Xolmatova Ziroatxon PhD, dotsent 2019 yildan 2021 yilgacha Fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrasiga rahbarlik qildi.

Kafedra katta o’qituvchisi Xushnazarova Ma’muraxon 2021 yil 17–aprel kuni Pedagogika bo’yicha falsafa  doktori(PhD) ilmiy darajasini oldi. Xushnazarova Ma’muraxon 2021 yil 30-avgustda Fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrai mudiri lavozimiga tayinlandi.

Hozigi kunda Kafedra mudiri  M.Xushnazarova(PhD)  tomonidan 1 ta o’quv qo’llanma, kafedra dotsenti A.Ziyayev tomonidan 2 ta o’quv qo’llanma,1 ta darslik,M.Meliqo’zieva tomonidan 1 ta o’quv qo’llanma F.Raximova tomonidan 1 ta darslik,o’qituvchilar Sh.Abdullajonova tomonidan 1ta o’quv qo’llanma,D.Yo’ldashev tomonidan 1 ta o’quv qo’llanma,S. Mirxayitova tomonidan 1 ta o’quv qo’llanma, pedagogika va psixologiya yunalishidagi fanlardan o’quv qo’llanma, uslubiy qo’llanmalar yaratildi va ular O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nashr guvohnomalari asosida nashr etildi.

Kafedra o’qituvchilaridan F.Raximova, M.Mamatqulova, M.Xaydarova, I.Mamayusupovalar ilmiy-tadqiqot ishlarini yakunlash arafasida.Bugungi kunda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ilmiy,ilmiy-uslubiy ishlar talab darajasida bajarib kelinmoqda.Har bir kafedra professor-o’qituvchilari ilmiy tadqiqot mavzusiga ega va tadqiqot ishlari ustida ish olib  borishmoqda.

 

Tarix kafedrasida o’qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

  1. O’zbekistonning eng yangi tarixi
  2. Jahon tarixi.
  3. O’zbekiston tarixi.
  4. Arxeologiya.
  5. Yordamchi tarix fanlari
  6. Muzeyshunoslik.
  7. Tarix va ijtimoiy fanlarni o’qitish metodikasi
  8. Tarixshunoslik.
  9. Manbashunoslik.
  10. Arxivshunoslik.
  11. O’zbek davlatchiligi tarixi.
  12. 12.Jahon tsivilizatsiyalar tarixi
  13. Tarix fani nazariy asoslari
  14. Tarix, shaxs va jamiyat o’qitish metodikasi.
  15. Markaziy Osiyo yozma yodgorliklari
  16. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi
  17. Tarixiy o’lkashunoslik va turizm
  18. Sovetlarning O’zbekistondagi qatag’on siyosati
  19. Amir Temur va temuriylar davlatining jahon tarixida tutgan o’rni
  20. Farg’ona vodiysi hunarmandchiligi tarixi  kabi fanlar o’qitilmoqda.