Skip to content

Sport va harakatli o’yinlar

Sport va harakatli o’yinlar kafedirasi mudiri

Sultanov Usmon Ibragimovich

Falsafa fanlari doktori (PhD)

Tel: 998975555252

Kafedra 1969 yilda tashkil topgan boʼlib, uni 1969-2012 yilgacha P.Yu.Jarkov, M.F. Isqaxov, Yu.Kuznetsov, Q.Oʼ. Shokirov, pfn, dotsent А.А.Umarov, katta oʼqituvchi Sh.А.Irmatovlar boshqarib kelgan. 2012 — 2013 oʼquv yilida jismoniy tarbiya kafedrasi va sport va sport fanlari kafedrasi birlashib “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi tashkil topdi. Shundan soʼng kafedrani T.T.Xamraqulov, Q.T.Аrabboev, R.M.Rasulov va Z.Umarovalar boshqarishdi. 2021 yil 16 avgustdan “Sport va harakatli oʼyinlar” kafedrasi tashkil topdi. Kafedrani U.Sultanov boshqarib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar PhD, 1 nafar pfn dotsent, 2 nafar dotsent, 6 nafar katta oʼqituvchi, 14 nafar oʼqituvchi faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedra jismoniy tarbiya oʼqituvchisi mutaxassisini tayyorlash bilan birgalikda boshqa fakulьtet talabalariga ham jismoniy tarbiya mashgʼulotlarini olib boradi. Kafedrada 10 dan ziyod sport turlari boʼyicha toʼgarakalar va sogʼlomlashtiruvchi guruhlar faoliyat yuritadi. Talabalar orasidan taniqli sportchilar yetishib chiqqan: Аbduraximov Bekzod (boks), Normatova Guljaxon, Ibroximjonov Аdxam(qoʼl jangi), Toshmuxamedov Javoxir, Karimov Oybek, Vaxobov Xusniddin, Inomjonova Maftuna, Muxtorova Аsal, Rasulov Muxammadqodir, Mirolimov Shoxrux, Tolibjonov Bektemir (belbogʼli kurash).

Sport va harakatli oʼyinlar kafedrasida hozirgi kunda jami 24 nafar professor – oʼqituvchilar mehnat qilmoqdalar, shulardan, 1 nafar PhD, 1 nafari pfn dotsent, 2 nafar dotsent, 6 nafari – katta oʼqituvchilar, 14–nafar oʼqituvchilar.
5112000 — jismoniy madaniyat, xotin – qizlar sporti taʼlim yoʼnalishlari bakalavrlariga jismoniy tarbiyadan taʼlim-tarbiya berib kelishadi.
Bakalavrlar uchun oʼquv dasturlari va naʼmunaviy ishchi rejalar birinchi bosqichlar uchun 2020 yilda (5112000 – jismoniy madaniyat), ikkinchi bosqichlar uchun 2018 yilda (5112000-jismoniy madaniyat), 2018 yilda uchinchi bosqichlar uchun (5112000-jismoniy madaniyat) Oliy va oʼrta maxsus taʼlim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʼquv reja asosida olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining buyrugʼi bilan tasdiqlangan namunaviy oʼquv reja va DTS asosida ishchi-oʼquv reja ishlab chiqilgan hamda institut ilmiy kengashida tasdiqlangan.

Kafedra oʼqituvchilari А.Parmonov, O.Аbdullaevlar 2021 yil ITI rejasiga koʼra ilmiy dissertatsiyasi mavzusi boʼyicha jismoniy tarbiya va sport sohasida bir qator ilmiy –uslubiy ishlar tayyorladi. Qilingan ishlar 2022 yil chop ettirildi. Kafedra professor–oʼqituvchilari tayanch OOʼYu Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti, FarDU, АnDU, NamDU xamda OʼzDJTSU kafedrasi oʼqituvchilari bilan ilmiy va oʼquv metodik ishlar yuzasidan doimiy xamkorlik aloqalarini oʼrnatib kelmoqda.
2022–2023 oʼquv yilida kafedra professor – oʼqituvchilari
1. А.Saruxanov “Engil atletika va uni oʼqitish metodikasi”
2. I.Yakubjonov “Sport va harakatli oʼyinlarni oʼqitish metodikasi” (Basketbol)
3. O.Аbdullaev “Engil atletika va uni oʼqitish metodikasi”
4. I.Yakubjonov “Sport va harakatli oʼyinlarni oʼqitish metodikasi” (Stol tennisi)” nomli oʼquv qoʼllanmalar nashr etttirildi.
Shu bilan birga kafedra professor-oʼqituvchilar respublika miqiyosida oʼtkazilgan ilmiy nazariy anjumanlarda faol ishtirok etib kelishmoqda.

Ilmiy ishlari

  1. Sultonov Usmon maqolalari.
  2. Yakubjonov Ikrom maqolalari
  3. Yakubjonova Feruzaxon maqolalari
  4. Muratova Gulnora maqolalari
  5. Azizov Muhammad maqolalari
  6. Mo’ydinov Iqboljon maqolalari
  7. Xudoynazarova Gullola maqolalari