Ingiliz tili va adabiyoti kafedirasi
Ingiliz tili va adabiyoti kafedirasi mudiri
Bektoshev Otabek Qodiraliyevich
Kafedra 1995-yil tashkil qilingan boʻlib, dastlab “Ingliz tili leksikasi va metodikasi kafedrasi” deb nomlangan. Kafedraning maqsad va vazifalari. Ingliz tili fan oʻqituvchilari va magistrlar tayorlash va shu yoʻnalishda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish.
Kafedra tarkibi. Kafedra mudiri filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) O.Bektoshev, filologiya fanlari doktori (DcS) A.Ziyayev, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktorlari (PhD) V.Karimova, N.Aliboyeva, M.Otaboyeva, A.Najmiddinov, katta oʻqituvchilar Z.Toʻxtasinova, T.Otaxoʻjayev, Z.Xotamova, S.Sodiqova oʻqituvchilar Z.Isaqova,D.Abdullayeva,X.Ismoilova Z.Toʻhtasinova, Z.Hatamova, D.Abdullayeva, Yo.Usmonov, Gʻ.Usmonov, N.Oʻsarova, Sh.Nishonova, R.Nazarova,X.Maxmudjonova, D.Kadirova, K.Ismoilova, M.Azizova, Z.Joʻrayeva, D.Tirkashev, D.Xoshimova,S.Axmadaliyeva, U.Maxsudova, Sh.Shodmonov, S.Shaxobiddinovlar kafedra faoliyatiga oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqda.
Kafedra faoliyati va izlanishlar. Kafedra oʻqituvchilari institut “Xorijiy tillar” fakulteti talabalariga barkamol avlodni tarbiyalashda umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy oʻquv yurtlarida ingliz tilini oʻqitish muammolari doirasida izlanishlar olib boradi.
Kafedra mudiri filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) O.Bektoshev tomonidan yozilgan va muvofiqlashtiruvchi vazirlik tomonidan berilgan guvohnomaga ega boʻlgan “Ingliz tili nazariy grammatikasi” nomli oʻquv qoʻllanmasi, kafedra aʼzolari D.Qodirova, M.Soliyeva hammuallifligida “Letʻs learn English” metodik qoʻllanmasi, A.Najmiddinov va M.Soliyeva hammuallifligida “English for beginners” oʻquv-uslubiy qoʻllanmasi, S.Sodiqova muallifligida “Integrated course of teaching foreign languages” oʻquv qoʻllanmasi, N.Ismoilova muallifligida “Methodology of foreign language teaching” oʻquv qoʻllanmasi, D.Kadirova muallifligida “Intercultural communication” oʻquv qoʻllanmasi, Z.Xotamova muallifligida “Sontemporary methods for teaching to young learners” oʻquv qoʻllanmasi,Z.Joʻrayeva muallifligida “Zamonaviy tilshunoslikda matn va diskurs kategoriyalari” oʻquv qoʻllanmalari nashrdan chiqarilgan.
Shuningdek, kafedraning quyidagi oʻqituvchilari tomonidan quyidagi mavzularda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda: Z.Isaqova “Leksik-fonetik usullar yordamida baho kategoriyasining ifodalanishi (Ingliz va oʻzbek tillari qiyosida)”, U.Maxsudova “Zamonaviy tilshunoslikda feʼl maʼnolarini farqlashning kognitiv va pragmalingvistik xususiyatlari (ingliz, oʻzbek va rus tillari materiallarida)” Z.Toʻxtasinova “Ingliz va oʻzbek tillarida haqorat konseptining ifodalanishi”, D.Kadirova “Ingliz va oʻzbek tillarida maqtov konseptining ifodalanishi”.
Aksariyati yosh mutaxassislardan iborat boʻlgan kafedra aʼzolari oʻzlarining ilmiy-uslubiy mahoratlarini muttaasil oshirib bormoqdalar.