Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda ingiliz tili
Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda ingliz tili kafedrasi mudiri
Ergashev Muhammadjon Rahmonovich
(PHD) Filologiya fanlar bo’yicha falsafa doktori
Tel: +998999916083 .
Kafedra 2020 yilda Xorijiy tillar fakulteti tasarrufida “Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda ingliz tili” kafedrasi nomi bilan tashkil topgan. 2020 yildan boshlab kafedra mudiri lavozimida PhD, M.Ergashev ishlab kelmoqda.
Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi: Asosiy o’rganilayotgan chet tili, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, og’zaki nutq amaliyoti, o’qish va yozish amaliyoti, amaliy grammatika, kommunikativ-normativ fonetika, ilmiy ish asoslari.
Bugungi kunda kafedrada 16 nafar pedagog xodim faoliyat olib bormoqda. Ulardan 12 tasi asosiy shtatda, 4 tasi o‘rindosh. Kafedrada 1 nafar f.f.d, professor, 1 nafar f.f.f,d (PhD), 1 nafar kata o’qituvchi, 5 nafar o‘qituvchi, 8 nafar stajyor-o‘qituvchilar hamda magistr darajasiga ega bo‘lgan kabinet mudiri lavozimida faoliyat yuritadilar. Ushbu kafedra o’qituvchilaridan 6 nafari C1 daraja, 1ta IELTS, 3 ta CEFR ustama serifikatiga.
Kafedra pedagog xodimlari
Ergashev Muhammadjon Raxmonovich Kafedra mudiri, f.f.f,d (PhD), O‘qituvchilar: Qurbonova Muqaddam Axmedovna, Lutfullina Alfiya Axmadfaridovna, Rajapova Malika Ahmadali qizi, Oripova Kamola Erkinjon qizi, Stajyor-o‘qituvchilar: Yusupova Dilshoda Raxmon qizi Ixtiyorov A’zamxon Avazxon o’g’li, Abdulxamidov Sanjarbek Xusnitdin o’g’li, Ubaydullayeva Maftuna Omonboy qizi, Nuriddinova Movluda Shuxratjon qizi, Xomidova Nargizaxon Nurahmad qizi, Mamadaliyeva Moxizar Tursinali qizi
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2021 yil 6 may kuni chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Mamlakatimizda har yili ilm-fanning bir nechta yo‘nalishi tanlab olinib, alohida e’tibor bilan rivojlantirilmoqda. Bu yil fizika va chet tillari ana shunday ustuvor sohalar etib belgilangan. O‘zbekistonning ochiqlik siyosati, dunyo bozoriga faol kirib borayotgani, barcha sohalarda xalqaro hamkorlik kengayayotgani xorijiy tillarni bilishga ehtiyojni oshirmoqda. Shu munosabat bilan kafedrada №1875-sonli qarorning va Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida kafedraning 4 nafar yosh pedagog-xodimlari M.Qurbonova, N.Sheraliyeva, D.Burxanova, D.Yusupovalar. D.Burhanova, N.Sheralieva va S.Abdulhamidovlar 15%lik ustama bo‘yicha sertifikatga, A.Ixtiyorov IELTS 7, N.Xomidova, M.Ubaydullayeva, K.Oripova va M.Nuriddinovalar ega bo‘ldilar. Shuningdek, 2020-2022 yillar mobaynida yangi talab bo‘yicha kafedra o‘qituvchilarining barchalari C1 daraja olishlari rejalashtirildi.
Bugungi kunda kafedrada ilmiy faoliyat izchil yo‘lga qo‘yilgan. 2019-2020 o‘quv yilida 1 ta o‘qituvchi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. Deyarli barcha pedagog-xodimlar mavzularini OAK byulletenida e’lon qildilar va o‘z ilmiy ishlari ustida faoliyat olib bormoqdalar.
Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, kafedraning bir qator tadqiqotchilari va pedagoglari 2020-2021 o‘quv yilida xalqaro impakfaktorli jurnallarda, xalqaro va respublika anjumanlarida va OAK jurnallarida ilmiy maqolalar chop ettirib kelishmoqda.
Kafedrada O‘zbekistan Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ilm-fan, innovatsion faoliyat, ta’lim hamda kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlari muntazam, bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. Bu borada kafedra professor-o‘qituvchilari dars va darsdan tashqi jarayonlarda o‘z faoliyatlarini innovatsion tashkil etish borasida harakat qilib kelmoqdalar. Masalan, kafedraning hamkor maktablari o‘quv-tarbiya jarayonlari muammolarini o‘rganish va tadqiq qilish hamda yangi fikr va g‘oyalarni amaliyotga tadbiq qilish ishlarida hamda amaliy darslarda interfaol metodlarni qo‘llash kabilarda ko‘rinadi. Kafedrada professor-o‘qituvchilar innovatsion faoliyatini yo‘lga qo‘yish institut rahbariyati talablari asosida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Kafedraning deyarli barcha pedagog-xodimlari 2020 yildan malaka oshirish kurslarida o‘z pedagoglik mahoratlarini oshirdilar.
Bugungi kunda kafedra pedagog-xodimlari bir qancha sifat ko‘rsatgichi past bo‘lgan maktablarga ham biriktirilgan bo‘lib, bitiruvchilarning OTMlarga kirishlari uchun bor bilim va ko‘nikmalarini berib kelmoqdalar hamda ko‘plab maktablarning ingliz tili o‘qituvchilariga mahorat darslarini ham muntazam o‘tib kelmoqdalar.
Kafedra o‘qituvchilari bu kabi xayrli ishlarni bajarishlik bilan bir qatorda institut, respublika va xalqaro miqyosdagi ko‘plab ilmiy-amaliy anjuman va seminarlarda, shuningdek, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etib kelmoqdalar hamda o‘z bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib bormoqdalar.